Yubiley omonatini rasmiylashtiring va sovg‘alar yutib oling!
Hamkorbank o’zining 30 yillik yubileyi munosabati bilan omonatchilar uchun bayram Aksiyasini e’lon qiladi.
2021 yilning 16.08 dan 16.09 gacha «30 YOSH» omonatini rasmiylashtiring va sovg‘alar yutib oling.
Omonat shartlari:
- Omonat stavkasi — yillik 20%;
- Muddati — 13 oy;
- Summasi — 3 mln so‘m va undan yoqori.
Omonat kapitalizatsiyaga ega, bu esa unga qo‘shimcha badal kiritish mumkinligini anglatadi. Agar omonat foizlari yechib olinmasa, ular ham qo‘shimcha daromad keltiradi. Yubiley omonatini Bank ofislarida rasmiylashtirish mumkin.
Avvalgidek, yutuqli o‘yin Instagram sahifamiz orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda 24 sentyabr kuni o’tkaziladi. Quyidagi yutuqlar o‘ynaladi:
- Smartfon — 5 dona;
- Smart soat — 5 dona;
- Televizor — 5 dona;
- Velosiped — 5 dona;
- Hard Disk — 5 dona.
Yubiley Aksiyasi shartlari bilan havola orqali tanishishingiz mumkin: https://bit.ly/3g5PaGL
Barchaga omad tilaymiz!
Hamkorbank — 30 yil Siz bilan birga!