Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlangan tadbir
14 fevral kuni «Hamkorbank»da shox va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 530 yilligiga bag’ishlangan tantanali tadbir bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirda Boshqaruv raisi va departament direktorlari hamda bank xodimlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida shoir ijodining nafaqat Sharq adabiyoti, balki umumbashariy adabiy merosidagi roli va ahamiyati e’tirof etildi.
Tadbir so’ngida birlashgan kasaba uyushmalari qo’mitasi tomonidan bank kutubxonasiga taqdim etilgan «Andijon tarixi» va «Boburnoma» kitoblari xodimlar uchun munosib sovg’a bo’ldi.