
Toshkent shahrida zamonaviy mehmonxona sotuvga qo‘yildi
14 / 01 / 2026ATB “Hamkorbank” Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Chingeldi mahallasida joylashgan mehmonxonani sotuvga qo‘yilganini ma’lum qiladi. Mazkur obyekt rivojlangan infratuzilmaga ega tayyor mehmonxona biznesi hisoblanadi.
Obyektning asosiy tavsiflari:
— Bino umumiy maydoni: 5 373 kv. m
— Yer uchastkasining umumiy maydoni: 3 200 kv. m
— Qavatlar soni: 5
— Xonalar soni: 62 ta, shundan 4 tasi “lyuks” toifasida
— Umumiy joylar soni: 124 ta
Mehmonxona infratuzilmasi:
— 2 ta restoran
— Zamonaviy fitnes zali
— To‘liq jihozlangan xonalar
— Barcha zarur kommunikatsiyalar
Auksion narxi: 90 mlrd so`m
Mehmonxona — shu soha biznesini yuritish, shuningdek, barqaror daromad olish imkoniyatiga ega investitsion loyiha sifatida juda qulay.
Barcha savollar bo‘yicha elektron pochta orqali murojaat qilishingiz mumkin: O.Atabekov@hamkorbank.uz
Ma’lumot uchun telefon: +998-91-611-08-08.





