Rasmiy munosabat

30.10.2025
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

«Ijtimoiy tarmoqlarda „ACCAUD SOFT“ MCHJning QQS guvohnomasi to‘xtatilgani haqidagi material tarqaldi» sarlavhali xabar tarqatildi. Unda O‘zbekiston musulmonlar idorasi tomonidan «Hamkorbank» ATBga Islom moliyasini rivojlantirish maqsadida kredit ajratish uchun resurs (pul mablag‘lari) ajratilgani iddao qilingan.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston musulmonlari idorasi va «Hamkorbank» ATB o‘rtasida hech qanday moliyaviy amaliyotlar mavjud emas.

Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» ATB islom moliyasi yo‘nalishida bank mahsulotlari va xizmatlarini mijozlarga taklif etib kelmoqda. Ushbu yo‘nalishda bank o‘z mablag‘lari va xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan foydalanadi.

Ushbu yo‘nalishni «Hamkorbank» ATB va «ACCAUD SOFT» MCHJ hamkorlik shartnomasiga asosida amalga oshirib kelmoqda.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026