Rasmiy munosabat

10.10.2025
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

«Hamkorbank» ATB Asaka BXO xodimining pora bilan qo‘lga olinganligi haqida tarqalgan xabar bo‘yicha

RASMIY MA’LUMOT

10 oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Hamkorbank» Asaka filiali xodimi pora olayotganda ushlandi, degan mazmunda xabar tarqaldi.

Ma’lum qilamizki, ushbu holat haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va tergov organlari tomonidan tasdiqlanmagan. Hozirda tergov organi tomonidan mazkur holat yuzasidan sudgacha bo‘lgan tergov ishlari olib borilmoqda.

Xabarlarda tilga olingan «Hamkorbank» Asaka filiali xodimining qilgan harakati ish vaqtida hamda bank hududida amalga oshirilmagan bo‘lib, ushbu holatni bank faoliyati bilan bog‘lash asossizdir.

«Hamkorbank» faoliyatida shaffoflik, qonunlarga rioya etish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat tamoyillariga qat’iy amal qilib keladi.

Shu munosabat bilan jamoatchilik, blogerlar va OAV vakillaridan tergov natijalari rasman e’lon qilinmaguncha, aniq dalillarsiz tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz.

Shuningdek, bankning ishchanlik obro‘siga yoki jamoatchilik ishonchiga putur yetkazuvchi, asossiz ma’lumotlarni tarqatish holatlari bo‘yicha qonun doirasida qat’iy choralar ko‘rilishi to‘g‘risida OAV, blogerlar va ijtimoiy tarmoq kanallarini ogohlantiramiz.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026