«Soyalar xabari» kanalidagi murojaat yuzasidan «Hamkorbank» ATB munosabati
Joriy yilning 5-may kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi «Soyalar xabari» kanalida «Hamkorbank» ATBning Chinobod universal BXOda bank xizmatlariga oid e’lon qilingan murojaat yuzasidan
MUNOSABAT
Mazkur murojaatda qayd etilgan holat bo‘yicha «Hamkorbank» ATB tomonidan ichki o‘rganish ishlari olib borildi. Unga ko‘ra, bu borada bankka rasmiy murojaat kelib tushmagani, murojaat muallifining shaxsiga aniqlik kiritish imkoni bo‘lmagani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, bankning mas’ul xodimlari bilan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida murojaatda keltirilgan holatni tasdiqlovchi ma’lumotlar aniqlanmadi.
Aytish joizki, bank tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga kredit ajratish jarayonlari amaldagi qonunchilik, Markaziy bank talablari hamda bankning ichki tartib-qoidalari asosida amalga oshiriladi. Qolaversa, har bir murojaat belgilangan mezonlar asosida individual tartibda ko‘rib chiqiladi.
Shu o‘rinda, OAV vakillari, bloger va fuqarolardan bank faoliyatiga oid tasdiqlanmagan yoki aniqlashtirilmagan ma’lumotlarni jamoatchilikka tarqatishda mas’uliyat bilan yondashish maqsadga muvofiqligini eslatib o‘tamiz.
«Hamkorbank» ATB doimo mijozlarga sifatli, shaffof va qonunchilik asosidagi bank xizmatlarini ko‘rsatishga intiladi. Fuqarolar bank xizmatlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan bankning rasmiy aloqa kanallari orqali murojaat qilishlari mumkin.