Rasmiy munosabat

22.04.2025
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Joriy yilning 21-aprel kuni Telegram ijtimoiy tarmog’ida e’lon qilingan murojaat yuzasidan.

Telegram’dagi «ЖАМОАТ НАЗОРАТИ» guruhida e’lon qilingan xabarda go’yoki Farg’ona shahri buyum bozori oldida «Hamkorbank» АTBga tegishli «24/7» bankomatlari noqonuniy ravishda joylashtirilgani keltirilgan.

Bank mas’ullari tomonidan ushbu holat yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borildi va quyidagilar aniqlandi. Farg’ona shahrining xabarda ko’rsatilgan hududida joylashgan Hamkorbank «24/7» bankomatlari, ushbu hududdagi bozor ma’muriyati bilan tegishli xizmat ko’rsatish shartnomasi asosida joylashtirilgan.

Darhaqiqat, Hamkorbank noqonuniy tarzda o’z bankomatlarini joylashtirmaydi, har doim tegishli hujjat va ruxsatlarga asosan ish tutadi.

Shu munosabat bilan eslatib o‘tamiz, bunday noto‘g‘ri xabarlarni tarqatish, bank obro‘siga qastdan putur yetkazish qonun doirasida tegishli javobgarlikka tortilishga sabab bo‘lishi mumkin.

Hamkorbank mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko’rsatishda va qulayliklar yaratishda davom etadi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026