«Hamkorbank» ATB Istiqbol BXOga qarashli bankomat faoliyati yuzasidan rasmiy munosabat
Joriy yilning 29-sentabr kuni «Jamoat nazorati» Telegram kanalida «Hamkorbank» ATB Istiqbol BXOga qarashli Quva tumani markazidagi 24/7 shoxobchada joylashgan bankomat faoliyati yuzasidan murojaat e’lon qilingan.
MUNOSABAT
Mazkur murojaat yuzasidan bank mas’ullari tomonidan holat o‘rganildi.
Aniqlanishicha, murojaatda qayd etilgan vaqtda hududda elektr ta’minotidagi uzilishlar sababli bankomat faoliyatida ma’lum muddatli uzilish kuzatilgan. Shu bois, ayrim fuqarolar bankomatdan foydalanishda noqulaylikka duch kelgan.
Holat aniqlangach, bank xodimlari tomonidan zarur choralar ko‘rilib, bankomat 29-sentabr kunining o‘zida ishchi holatiga keltirilgan.
Hozirda mazkur bankomat odatdagi rejimda faoliyat yuritmoqda va mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda.
«Hamkorbank» ATB mijozlar uchun qulay va uzluksiz xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratadi. Bildirilgan murojaat va e’tibor uchun minnatdorchilik bildiramiz.