Marg‘ilon shahridagi bankomat shoxobchasi holati yuzasidan munosabat

«Hamkorbank» ATB Marg‘ilon UBXOga qarashli bankomat shoxobchasi holati yuzasidan
MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Marg‘ilon shahri, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan «Hamkorbank» ATB Marg‘ilon BXOga qarashli bankomat shoxobchasining tozaligi yuzasidan tanqidiy xabar e’lon qilindi.
Murojaatga ko‘ra, bank mas’ullari tomonidan mazkur holat zudlik bilan o‘rganib chiqilib, bankomat shoxobchasida yuzaga kelgan tartibsizlikni bartaraf etish uchun mas’ul xodimlar tomonidan darhol tozalash va tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.
Hozirda bankomat shoxobchasi to‘liq tozalanib, mijozlar uchun qulay va ozoda holatga keltirildi hamda odatdagi rejimda ishlab turibdi.
Ta‘kidlash joizki, «Hamkorbank» ATB barcha mijozlarning fikr va takliflarini doimiy inobatga oladi, bankomatlar va ularning atrofidagi hududlarning ozodaligi doimiy nazoratda turishini nazorat qiladi. Bildirilgan e’tibor va e‘tiroz uchun minnatdorchilik bildiramiz.