Rasmiy munosabat

20.01.2025
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

«Doston Shuxratovich» Youtube-kanalida 2025 yilning 16 yanvar sanasida e’lon qilingan murojaatga rasmiy

Munosabat

Ushbu xabarga javoban, shuni ta’kidlamoqchimizki, murojaatchining masalasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 19.10.2021 yilda 3327-raqami bilan ro’yxatdan o’tgan buyrug’iga asosan Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan qonuniy chora-tabdirlar ko’rilgan.

Shuningdek, murojaatchining 27.12.2024 yil kungi «Hamkorbank» ATBga qilgan arizasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 19.10.2021 yilda 3327-raqami bilan ro’yxatdan o’tgan buyrug’ining 32-bandiga muvofiq olib qolingan va ushbu arizaga ko’ra tegishli Maxsus vakolatli organga bank nomidan xat yuborilgan. Maxsus vakolatli organdan 15.01.2025yil kunida kelgan javob xatida mijozning arizasiga ijobiy xulosa berilgan. Mijoz bank kartasiga kelib tushgan mablag’dan tegishli tartibda foydalanishi mumkin. Buning uchun bank ofisiga murojaat qilishi so’raladi.


Mijozlardan faqat asosli xabarlar va savollar paydo bo‘lganda rasmiy aloqa kanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bankka murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026