Rasmiy munosabat
03.06.2022
1 daqiqa
2022 yil 2-iyun kuni «Bankir kundaligi» telegram kanalida «Hamkorbank» ATB Termiz filiali tomonidan kreditga aloqasi yo‘q shaxsni notanish mijozga kafil sifatida rasmiylashtirilishi yuzasidan rasmiy munosabat.
Ushbu holat texnik nosozlik va xodimlarning e’tiborsizligi, ya’ni ushbu ikki fuqaro ismi shariflari bir-birlariga o‘xshashligi sababli hamda biri bankning Termiz filiali, ikkinchisi esa Namangan shahrida joylashgan filial mijozi bo‘lganligi natijasida yuzaga kelganligini ma’lum qilamiz. Hozirgi vaqtda holat to‘liq bartaraf etilgan, murojaatchidan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raldi. O‘z navbatida, bu holat natijasida murojaatchining shaxsiy ma’lumotlari uchinchi shaxslarga yoki tashkilotlarga taqdim etilmagan. Joriy yilning 3-iyun kuni «Bankir kundaligi» telegram kanalida ham ushbu holat yuzasidan ma’lumot berildi.