Rasmiy munosabat

04.08.2022
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
2022 yil 4 avgust kuni ijtimoiy tarmoqda «Hamkorbank Yangiyo‘l filialida chetdan kelgan pul mablag‘larini olish uchun xalqaro plastik karta rasmiylashtirish kerak ekan» xabariga rasmiy munosabat.
Ushbu holat 03.08.2022 yil kuni «Hamkorbank» ATB Yangiyo‘l filialida kuzatilgan. Murojaatchi «Zolotaya korona» xalqaro pul o‘tkazmalar tizimi orqali kelgan pul mablag‘larini olish maqsadida filialga tashrif buyurgan. Bank hodimi ushbu pul o‘tkazma tizimi bilan tuzilgan shartnomaga asosan, filialda naqd pul mablag‘lari berilmasligi, kelib tushgan pul mablag‘larini masofadan turib, mobil ilova yordamida Hamkorbank plastik kartasiga kirim qilib olish imkoniyati mavjudligi aytib o‘tgan. Bundan tashqari, bank hodimi kelib tushgan pul mablag‘larini masofadan turib kirim qilib olish imkoniyatining qulaylik va afzalliklarini ham murojaatchiga tushintirib o‘tgan. Ya’ni istalgan vaqt va joyda pul mablag‘larini kartaga kirim qilish imkoniyati, AQSh dollaridagi mablag‘lar bank kassalarida joylashtirilgan terminallar orqali komissiyasiz berilishi va boshqalar. Murojaatchi plastik karta rasmiylashtirishga rozi bo‘lmagan va filialni tark etgan.
Xozirgi vaqtga kelib tushgan mablag‘lar murojaatchi tomonidan boshqa bank kassasidan naqd pul ko‘rinishida olingan.
Qo‘shimcha ma’lumot sifatida, Hamkorbank tomonidan taklif etilayotgan Visa Classic kartalarini rasmiylashtirish narhi 25 000 so‘m ekanligini ma’lum qilamiz.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026