Rasmiy munosabat
08.07.2022
2 daqiqa
2022 yil 6 iyul kuni Farg‘ona shahrida joylashgan bankomat orqali plastik kartadan naqd pul yechib olishdagi xatolik va Urganch filiali taqdim etgan plastik kartaga pin kod o‘rnatib bo‘lmayotganligi bo‘yicha xabarga rasmiy munosabat.
Fuqaro Yu.A. 2022 yil 15 iyun kuni «Hamkorbank» ATB Istiqbol filiali tasarrufidagi bankomatdan 150 ming so‘m naqd pul mablag‘ini yechib olmoqchi bo‘lgan. Pul mablag‘lari plastik kartadan yechib olinganligiga qaramasdan, texnik uzulish sababli bankomat naqd pul mablag‘larini taqdim etmagan. Fuqaro Yu.A. 15.06.2022 yil kuni tegishli tarzda filialga murojaat etgan va 16.06.2022 yil kuni (bir kundan so‘ng) 150 000 so‘m pul mablag‘lari fuqaro Yu.A. plastik kartasiga qayta tushirib berilgan. Fuqaro Yu.A.ning mobil telefonida pul mablag‘i tugagani sababli, plastik kartaga mablag‘lar kelib tushgani bo‘yicha SMS xabarnoma olmagan. Fuqaro Yu.A. bankka taklif qilinib, plastik karta aylanmasi ko‘rsatildi va 16.06.2022 yil kuni pul mablag‘i qaytarilganligi isbotlab berildi. Fuqaro Yu.A. holatni bilgandan so‘ng bank vakillaridan uzr so‘radi va bankka nisbatan xech qanday e’tirozi mavjud emasligini bildirdi.
Fuqaro Ya.A.ga 05.07.2022 yil kuni «Hamkorbank» ATB Urganch filiali tomonidan ish haqi loyihasi doirasida plastik karta taqdim etilgan. Lekin UzCard tizimida ko‘zatilgan texnik nosozlik tufayli ushbu plastik kartaga pin kod o‘rnatish imkoni bo‘lmagan. 06.07.2022 yil kuni fuqaro Ya.A. ushbu holat bo‘yicha filialga murojaat etgan va o‘sha kunning o‘zida holat bartaraf etilib, plastik kartaga pin kod o‘rnatib berilgan. Fuqaro Ya.A.dan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan, fuqaroda bankka nisbatan hech qanday e’tirozlari mavjud emas.