Rasmiy munosabat

10.01.2022
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «Baliqchiliklar» guruhida «Xalq va Agro banklarning ofislari yopilib ketganligi sabab, naqd pul yechib olish uchun Chinobod shaharchasida joylashgan yagona Hamkorbank bankomatlaridan pul yechishga majbur bo‘lib qolmoqdamiz» mavzusida joylashtirilgan xabarga rasmiy munosabat.
Ushbu xabar yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, Baliqchi tumanida Hamkorbankning 5 ta bankomati mavjud: 3 tasi Chinobod shahri markazida va 2 tasi Baliqchi tumani markazida joylashgan. Qo‘shimcha tarzda bank ofislarining o‘zida ham naqd pul yechib olish uchun terminallar o‘rnatilgan. Barcha bankomat va terminallar doimiy tarzda naqd pul bilan ta’minlanib kelmoqda hamda aholi tomonidan Hamkorbank faoliyatiga hech qanday e’tiroz mavjud emas (buni xabar ostidagi izohlardan bilib olish mumkin).
Aholiga yanada qulayliklar yaratish maqsadida Hamkorbank tomonidan Chinobod shaharchasida qo‘shimcha yana 2 ta bankomat o‘rnatishga qaror qilindi.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026