Rasmiy munosabat
2023 yil 13 fevral kuni O‘zA axborot agentligi tomonidan «Hamkorbank mijozlar plastik kartalaridan pullarni o‘marmoqdami» xabariga rasmiy munosabat.
Agentlikning axborotiga aloqador holat 2022 yil 8 aprel kuni bankning Yuksalish universal bank xizmatlari ofisida kuzatilgan. Fuqaro A.D. UBXOda joylashgan infokiosk yordamida qarindoshining nomiga rasmiylashtirilgan kredit uchun oylik kredit to‘lovni amalga oshirgan. O‘sha kuni infokioska faoliyatida texnik nosozlik kuzatilgan. Natijada fuqaro A.D. infokioskada 3-marta kredit to‘lovini amalga oshirgan va infokioska mos ravishda plastik kartasidan 3-marta 650 000 so‘mdan, jami 1 950 000 so‘m pul mablag‘larini kredit so‘ndirish uchun yechib olgan. Fuqaro shu kunning o‘zida oshiqcha yechib olingan pul mablag‘larini qayta plastik kartaga tashlab berilishi bo‘yicha UBXOga murojaat qilgan. Murojaatga javoban ortiqcha yechib olingan pul mablag‘lari fuqaroning plastik kartasiga qaytarish amaliyoti 3 bank ish kuni ichida amalga oshirilishi aytib o‘tilgan. Lekin fuqaro A.D. pul mablag‘lari o‘sha kunning o‘zida qaytarilishi talab qilgan va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining Namangan xududiy birlashmasi ishonch telefoniga murojaat qilgan. Bank tomonidan ortiqcha yechib olingan pul mablag‘lari tartibga asosan fuqaro A.D. plastik kartasiga qaytarib tushirilgan. 14.04.2022 yil kuni Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining Namangan xududiy birlashmasi tomonidan fuqaro A.D. murojaati ijobiy xal etilganligi yuzasidan javob xati fuqaro A.D.ga yuborilgan.
Lekin, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 2022 yil 8 aprel kungi fuqaro A.D. murojaatiga aloqador masala hal etganligini ko‘rsatilgan axborot 2023 yil 13 fevral kuni jamiyatning rasmiy veb-saytida joylashtirgan. Ushbu axborotni O‘zA axborot agentligi ham o‘z veb sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida chiqargan. Texnik nosozlik tufayli 08.04.2022 yil kuni sodir bo‘lgan holat usha vaqtda bartaraf etilganiga qaramasdan oradan 10 oy o‘tib 13.02.2023 yil kuni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati va O‘zA axborot agentligi rasmiy veb-saytlarida e’lon qilingan.
Bankning Yuksalish universal bank xizmatlari ofisi mas’ul xodimlari fuqaro A.D. bilan 2022 yil 8 apreldagi holat yuzasidan bog‘lanishdi. Fuqaro A.D. ning 10 oy oldingi holat yuzasidan bankka nisbatan hech qanday e’tirozi mavjud emasligi aniqlandi.