Rasmiy munosabat

18.07.2022
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
2022 yil 17 iyul kuni «Bankir kundaligi» telegram kanalida «Bizga yozishmoqda» heshtegi ostida bank mobil ilovasi orqali olinayotgan onlayn kredit haqidagi xabarga rasmiy munosabat.
Fuqaro M.F. tomonidan bankning mobil ilovasi orqali 06.07.2022 yil kuni 4 000 000 (To‘rt million) so‘m miqdorida onlayn kredit olish maqsadida ariza yuborilgan. Ariza qabul qilinib, kredit ajratish to‘g‘risida ijobiy javob olingandan so‘ng mijoz 15.07.2022 yil kuni bankga tashrif buyurgan. Lekin 15.07.2022 yil (haftaning juma kuni) kuni onlayn kredit ajratish bilan bog‘liq dasturda texnik nosozlik kuzatilganligi uchun ushbu fuqaroga kreditni rasmiylashtirish imkoni bo‘lmagan. Bank xodimlari mijozga dasturlardagi nosozlik bartaraf etilishiga xabar berishi to‘g‘risida mijozga tushuntirish berishgan. Fuqaro M.F ga 18.07.2022 yil kuni 4 000 000 (To‘rt million) so‘m miqdorida kredit ajratib berildi.
Mijoz murojaati to‘liq qondirilib, bankga nisbatan e’tirozi yo‘qligini bildirdi.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026