Rasmiy munosabat

24.05.2022
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
2022 yil 24 may kuni «Bankir kundaligi» Telegram kanalida Samarqand shaxridagi avtoshoxbekat yonida joylashgan «Hamkorbank» ATBga tegishli bankomatda naqd pul mablag‘lari mavjud emasligi bo‘yicha rasmiy munosabat.
Samarqand shahridagi avtoshoxbekat yonida joylashgan 24/7 o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish shaxobchasidagi bankomatlar 21−22 may kunlari (dam olish kunlari) naqd pul bilan ta’minlanib, aholiga xizmat ko‘rsatib kelgan. 23 may kuni bankomatda mayda kupyurali naqd pul mablag‘lari qolganligi, murojaatchi esa ko‘proq miqdorda pul yechish maqsadida so‘rov bergan, bankomat esa rad javobini bergan (bankomatlarni texnik imkoniyatlari bilan bog‘liq bu holat ko‘pchilikka ma’lum). Ta’kidlash lozimki, ushbu 24/7 shaxobchasi bilan yonma-yon «Hamkorbank» ATB Samarqand filialining «Avtoshoxbekat» bank xizmatlari ofisi joylashgan. Ushbu BXOda fukarolarga kun davomida terminal orkali ham nakd pullar yechib berilgan, jumladan 23.05.2022 yil kunning o‘zida 70,0 mln so‘m naqd pul mablag‘lari yechilgan.
Xozirgi vaqtda bankomatlar yirik kupyuralar bilan ta’minlangan bo‘lib, aholiga xizmat ko‘rsatishda davom etmoqda.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026