Rasmiy munosabat
10 / 11 / 2023Joriy yilning 10 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanallarining birida, Hamkor Mobile ilovasida karta balansini ko’rishda ikki ming so’m olinayotganligi haqida e’lon qilingan xabar yuzasidan.Ilovada boshqa amallarni amalga oshirgandan so‘ng, kartalar bo‘yicha joriy balans haqidagi ma'lumotlarni yangilash imkoniyati mavjud. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida ilova dasturi ushbu funksiyani avtomatik ravishda taklif etadi, ammo bu funksiya mijozning bank kartasidagi asosiy mablag‘larga bog‘liq emas, ya'ni ushbu amal uchun xizmat haqi olinmaydi.
Hozirda bank mijozlari ushbu ilovadan bemalol foydalanishlari mumkin. Bank jamoasi Hamkor Mobile ilovasini yanada takomillashtirishda va mijozlarga qo’shimcha qulayliklar yaratishda davom etadi.