Rasmiy munosabat
Joriy yilning 15-noyabr sanasida «Komporuz» telegram-kanalida e’lon qilingan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.
Kelib tushgan murojaat yuzasidan «Hamkorbank» ATB quyidagilarni ma’lum qiladi:
Fuqaro A. Isoqovning bank kartasi Ichki ishlar vazirligining Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan Milliy banklararo protsessing markaziga yuborilgan rasmiy so‘rovi asosida bloklangan.
Shu munosabat bilan, mijozga ushbu masala yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Ichki ishlar vazirligi yoki HUMO milliy to‘lov tizimiga murojaat qilishi tavsiya etiladi.