Rasmiy munosabat
14 / 08 / 2024Joriy yilning 13-avgust kuni ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanallarining birida "Hamkorbank" ATBning Hamkor Mobile mobil ilovasida kredit to'lovini amalga oshirish jarayonida olingan komissiya haqida tarqalgan xabar yuzasidan.Hamkor Mobile mobil ilovasida kredit to'lov jarayonida HUMO kartalari orqali amalga oshirilgan to'lovlar uchun komissiya mavjud emas. Bunday to'lovlar bo'yicha komissiya foizlari haqida ma'lumot "Hamkorbank" ATBda Jismoniy shaxslarga xizmat ko'rsatish Bosh tarifida belgilab qo'yilgan. Bunda, Hamkor Mobile ilovasi orqali kredit to'lovlari Uzcard kartalari orqali amalga oshirilganda t'lov uchun komissiya mavjud bo'lib, u 0,25%ni tashkil etadi. Ushbu komissiya Uzcard to'lov tizimi tomonidan olinadigan amaliyot xarajatlarini qoplash uchun belgilangan.