Rasmiy munosabat
03 / 11 / 2023Joriy yilning 2 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanallarining birida, “Andijon davlat chet tillari instituti”ning old qismida joylashgan trotuarda “Hamkorbank” xodimlari shaxsiy avtomobillarini qoldirayotganligi va bu piyodalarga halaqit berayotganligi haqida e’lon qilingan xabar yuzasidan.
Andijon davlat chet tillari institutiga tutash joylashgan “Hamkorbank” ofisi qarshisidagi trotuardan xodimlarning shaxsiy avtomobillari yo’lning chet qismiga olindi. Xodimlar o’z navbatida shaxsiy avtomobillarini yo’lning trotuar qismiga qo’ymasligi bo’yicha ogohlantirildi. Kelgusida ushbu holat qayta takrorlansa, ularga nisbatan tegishli choralar ko'rilishini ma'lum qilamiz.
Hozirda trotuardan piyodalar to’liq foydalanishmoqda, hech qanday to’siq yoki halaqit beruvchi omillar mavjud emas.