Rasmiy munosabat
30 / 04 / 2024Joriy yilning 29 aprel kuni ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanallarining birida, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanida Hamkorbank tomonidan joylashtirilgan reklama obyektiga ulangan elektr simi daraxtlarga o‘ralganligi, fuqarolar uchun xavf tug‘dirayotganligi haqida e’lon qilingan xabar yuzasidan.Hozirda xabardagi videotasvirda ko‘rsatilgan Hamkorbank reklama obyektiga ulangan sim to‘liq olib tashlangan bo‘lib, nafaqat fuqarolar va atrof muhit uchun ham hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Buni ushbu e'longa biriktirilgan suratlarda ham ko‘rish mumkin. Shuningdek, reklama obyektining yuqori ust qismidan o‘tgan sim Hamkorbankka tegishli emas.
Hamkorbank hamisha mijozlarga qulayliklar yaratish uchun xizmat qilishda davom etadi. Yurtimiz fuqarolarining xavfsizligi biz uchun ham muhimdir.