mc.yandex.ruyandex

Rasmiy munosabat

21 / 08 / 2024Joriy yilning 20-avgust kuni ijtimoiy tarmoqdagi Telegram kanallarining birida Hamkorbankda tadbirkor B.G.B.ga kredit ajratilmaganligi haqida tarqalgan xabar yuzasidan.

"Hamkorbank" ATB va "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ o'rtasida imzolangan kelishuvga asosan "Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ "Hamkorbank" ATBga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit ajratish hamda tadbirkorlarning istiqbolli loyihalarini moliyalashtirish uchun resurslar ajratilgan. 

Olib borilgan ichki surishtiruv natijalariga ko'ra, ushbu kreditni olish uchun tadbirkor B.G.B. 1-avgust sanasida rasmiy veb-sayt orqali ariza qoldirgan va mijoz bilan bankdan mutaxassis-operator bog'langan, muloqot davomida mijoz va operator orasida tushunmovchilik yuzaga kelgan, sababi operator mijozga ushbu kreditning barcha shartlari haqida yetarlicha batafsil ma'lumot bermagan. Operatorga tegishli ravishda ogohlantirish berilganini ham ma'lum qilamiz. 

Hozirda mijoz bilan bog'lanildi va mijozga vaziyat haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, mijozga  ushbu kreditning ajratilish shartlari haqida mutaxassislar tomonidan ma'lumot berilib, agarda mijozning mavjud biznesi ushbu kreditni ajratish talablariga mos kelsa, mijozga zarur kredit miqdori ajratilishi ham mumkin.

Hamkorbank tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlashda davom etadi.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play