Rasmiy munosabat
13 / 04 / 2024Joriy yilning 12 aprel kuni ayrim Telegram kanallarida va OAVda e’lon qilingan xabarlar yuzasidan.Ushbu maqolalarda Hamkorbankning Urganch shahrida joylashgan 24/7 ofisidagi bankomatidan pul mablag’lari o’g’irlanganligi va o’g’rilikni sodir etgan fuqaro haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Olib borilgan surishtiruv natijalariga ko’ra, shuni ma’lum qilamizki, 12 aprel kuni tungi soat 03:38 da Hamkorbankning Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko’chasi, 19a-uyda joylashgan “Sharq” BXO 24/7 ofisiga mast holatda bo'lgan fuqaro kirgan va bankomatlardan birining old qismi, muhrini buzgan. O'z o'rnida tashvish (signali) xabari avtomatik tarzda ishlab ketgan va bu xabarni olgan mahalliy qo’riqlash xizmati voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan. Qo’riqlash xizmati xodimlari tomonidan mast holatda bo'lgan fuqaro 24/7 ofisining o'zida qo’lga olingan. Bankomatning pullar saqlanayotgan seyf qismi ochilmagan va pullar o'g'rilanmagan. Holat yuzasidan IIB bo’limida dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Telegram kanallarida va OAVda e’lon qilingan xabarlarda nashr qilingan rasmlar Hamkorbankga tegishli emas va buni quyidagi rasmlarda ham yaqqol ko'rish mumkin. Telegram kanallari va OAV vakillariga tasdiqlanmagan ma'lumotlarni e'lon qilish qonuniy javobgarlikka olib kelishi mumkinligini ma'lum qilamiz.
Shuningdek, hozirda ushbu 24/7 ofisidagi barcha bankomatlar aholiga xizmat ko‘rsatishda davom etmoqda.