Rasmiy munosabat

21.11.2025
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Joriy yilning 3-noyabr sanasida telegram ijtimoiy tarmog‘idagi «XALQ DARDI», «QOQONJONIM.UZ | Rasmiy» kanallarida Farg’ona viloyati, O’zbekiston tumani, Yaypan shahrida fuqarolar bankomatlarda naqd pul yechish bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgani aks ettirilgan murojaat yuzasidan.

Mazkur holat bo‘yicha bank mas’ullari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Aniqlanishicha, Farg’ona viloyati, O’zbekiston tumani, Yaypan shahrida joriy yilning 3-noyabr sanasida fuqarolar «Hamkorbank»dan tashqari, ushbu joyda joylashgan boshqa banklar bankomatlaridan pul mablag’larini yechisha olmagan. «Hamkorbank» bankomatlarida esa pul mablag’lari mavjud bo’lgan va yuqorida nomlari keltirilgan telegram kanallarda joylashtirilgan videoda ham buni yaqqol ko’rish mumkin.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, «Hamkorbank» ATB mijozlarga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish, bankomatlarning uzluksiz faoliyatini ta’minlash maqsadida muntazam texnik xizmat va profilaktika ishlarini olib boradi. O’zbekiston tumanidagi mazkur bankomat ham odatdagi rejimda ravon faoliyat yuritmoqda.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026