2024-yil uchun moliyaviy natijalar | Maqolalar ro'yxati | Hamkorbank

Hamkorbank 2024-yil uchun moliyaviy natijalarni e’lon qiladi

 

Sof foyda 23.9 foizga oshib, 1.5 trln so‘mni ($119 mln), ROAA 6.0 foizni tashkil etdi. 

Andijon, O‘zbekiston, 2025-yil, may – O‘zbekistonning yetakchi xususiy banklaridan biri bo‘lgan Hamkorbank moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) muvofiq 2024-yil uchun auditdan o‘tkazilgan moliyaviy natijalarni e’lon qildi.

  • Hamkorbankning 2024-yildagi sof foydasi 1.5 trln so‘mni ($119 mln) tashkil etdi , bu 2023-yil rekord darajadagi 1.2 trln so‘m ($103 mln) sof foydadan 23.9 foizga ko‘pdir.
  • Bankning umumiy kapitali 2024-yilda 36.6 foizga o‘sib, 5.5 trln so‘mni ($429 mln) tashkil etdi. 2023-yildagi 4.0 trln so‘mga ($329 mln) nisbatan bu o‘sish, Bankning moliyaviy holati mustahkamligidan dalolat beradi.
  • Hamkorbank aktivlarining rentabelligi (ROAA) yuqori 6,0% darajada saqlanib qoldi.
  • 2024-yilda Hamkorbank uzoq muddatli o‘sishni ta’minlash maqsadida transformatsiya va raqamli innovatsiyalarga sarmoya kiritdi.

Bank Boshqaruvi Raisi Baxtiyor Jo‘rayev shunday ta’kidladi: "Biz Hamkorbankning 2024-yilda erishgan yutuqlari bilan faxrlanamiz, buni aktivlarimiz hajmi $2,240 mlnga, umumiy kapitalning 36.6 foizga o‘sib, $429 mlnga yetgani va faoliyatimizni $119 mln foyda bilan yakunlangani tasdiqlaydi. Ushbu natijalar mijozlarimiz, aksiyadorlarimiz va bizning xizmatlar taklif qilingan jamoalarimiz uchun qiymat yaratishga bo‘lgan doimiy sadoqatimizni ko‘rsatadi. 2024-yilda Hamkorbankni yanada mustahkamlash maqsadida transformatsiya va raqamli innovatsiyalarga strategik e’tiborimizni qaratdik. Kelajakda ham barqaror o‘sishni ta’minlash va mijozlarimiz uchun innovatsion bank yechimlarini kengaytirishga ustuvor ahamiyat berishni davom ettiramiz."

Asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar (2024-yil 31-dekabr holatiga, mlrd so‘m):

Ko’rsatkichlar

2024

2023

O‘zgarish (%)

Kredit portfeli

19,264

15,930

+20.9%

Depozit portfeli

11,420

7,662

+49.1%

Umumiy kapital

5,541

4,056

+36.6%

Foizli daromadlar

4,517

3,257

+38.7%

Foizsiz daromadlar

1,531

1,028

+49.0%

Sof foyda

1,505

1,214

+23.9%

ROAA, %

6.0%

6.4%

-0.4pp


Asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar

Hamkorbank 2024 yilda asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha barqaror moliyaviy o‘sishda davom etdi. Kredit portfeli 20.9 foizga oshib, 15.9 trln so‘mdan ($1,291 mln) 19.2 trln so‘mga ($1,491 mln) yetdi, bu esa kreditlashning barqarorligini ko‘rsatadi. Depozitlar sezilarli darajada 49.1 foizga o‘sib, 7.6 trln so‘mdan ($621 mln) 11.4 trln so‘mga ($884 mln) yetdi, bu esa mijozlar ishonchi va jamg‘armalarining oshganligini aks ettiradi. Bankning moliyaviy barqarorligi yanada mustahkamlanib, umumiy kapitali 36.6 foizga o‘sib, 4.0 trln so‘mdan ($429 mln) 5.5 trln so‘mga ($329 mln) yetdi. Yil davomida foizli daromadlar 3.2 trln so‘mdan ($278 mln) 4.5 trln so‘mga ($357 mln) o‘sdi, sof foyda esa 23.9 foizga, ya’ni 1.2 trln so‘mdan ($103 mln) 1.5 trln so‘mga ($119 mln) oshdi. Ushbu ko‘rsatkichlar ma’muriy va operatsion xarajatlarning 1.1 trln so‘mdan ($97 mln) 1.4 trln so‘mgacha ($113 mln) o‘sishiga qaramay, Bankning rentabellikni saqlab qolish qobiliyatini ko‘rsatadi.

Raqamlashtirish, barqaror rivojlanish va inklyuzivlikka intilish

Hamkorbankning 2024-yildagi moliyaviy muvaffaqiyati uning raqamli innovatsiyalarga strategik e’tibor qaratishi bilan mustahkamlandi. Bank o‘zining raqamli platformalarini takomillashtirishga investitsiya kiritdi, jumladan, turli xil yechimlarni taklif etuvchi yangi mobil ilova, masalan, 5 million so‘mgacha bepul pul o‘tkazmalari, fiskal cheklar va mijozlar uchun qulay foydalanish imkoniyati, VISA direct imkoniyatlari hamda boshqa ko’plab misollar keltirish mumkin.

2024-yilda Hamkorbank transformatsiyaga katta e’tibor qaratdi, bu jarayon bankning oʻrta va yuqori boʻgʻinlariga 40 dan ortiq xalqaro tajribaga ega ekspertlar jalb etilishi orqali amalga oshirildi. Shuningdek, Hamkorbank tomonidan 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi qabul qilindi

O‘zbekiston bo‘ylab 164 ta xizmat ko’rsatish ofislaridan iborat keng tarmoqqa ega bo‘lgan Hamkorbank, ayniqsa, bank xizmatlari bilan kam qamrab olingan hududlarda ham bank mahsulotlaridan to‘liq foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi. 2024-yilda bank Buxoro, Xorazm va Toshkentda 7 ta yangi ofisni ishga tushirish orqali o‘z qamrovini yanada kengaytirdi va yuqori salohiyatli bozorlarda o‘z ishtirokini mustahkamladi.




Bankning moliyaviy hisobotlari bilan uning veb-saytida tanishish mumkin: https://hamkorbank.uz/en/financial-institutions/financial-statements/

Bankning MHXS bo'yicha hisobotining valyutasi o'zbek so'midir. AQSh dollaridagi raqamlar bu yerda qulaylik uchun keltirilgan.



 

Hamkorbank haqida

Xorijiy kapital ishtirokidagi Hamkorbank aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekistonning yetakchi xususiy banklaridan bo‘lib, eng yirik tarmoqlarga ega banklardan biri hisoblanadi. 1991-yilda tashkil etilgan bank 30 yildan ortiq vaqt davomida chakana mijozlar, kichik va o‘rta biznes vakillari, shuningdek, korporativ sektorga keng ko‘lamli bank xizmatlarini muvaffaqiyatli taqdim etib kelmoqda.

Hamkorbank 2024-yilda mamlakatdagi barcha banklar orasida ikkinchi o‘rinda eng yuqori foyda ko‘rsatkichiga erishdi. Hamkorbank kredit portfeli barqaror o‘sishni ko‘rsatib, so‘nggi o‘n yil ichida yiliga o‘rtacha 30 foizdan ortiqni tashkil etdi.

Bank xalqaro moliya institutlari, jumladan, Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC), Gollandiya tadbirkorlikni rivojlantirish banki FMO, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB), Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Germaniya taraqqiyot banki DEG, Fransiya taraqqiyot banki Proparco va Islom taraqqiyot banki (IsDB) kabi qator xalqaro moliya institutlari bilan faol hamkorlik qilmoqda.

Hamkorbankning asosiy aksiyadorlari – Bankning asoschi va Bank Kuzatuv Kengashi raisi Ikrom Ibragimov, Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC), Gollandiya tadbirkorlikni rivojlantirish banki FMO va Shveysariya impakt-investori responsAbility tomonidan boshqariladigan fondlardir.

Hamkorbank S&P Global Ratingsga ko’ra O‘zbekistonning suveren reytingiga mos keladigan BB- reytingiga ega.

 

Qo‘shimcha savollar uchun:

Xazina va Tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti

ir@hamkorbank.uz

Tel. +998 (78) 150-91-25 [ichki 1030; 1165; 0492]






O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play