mc.yandex.ruyandex

Bankomatlar tarixiDeyarli har qadamda peshtoqida biror bank nomi va ATM yozuvi bor shoxobchalarga ko‘zimiz tushadi. ATM abbreviaturasining maʼnosini bilasizmi? Uning paydo bo‘lishiga shokolad turtki bo‘lganinichi?

Eng birinchi naqd pul beruvchi ATM (Automated Teller Machine – yaʼni bankomat) 1967 yilda Londonning shimolida joylashgan “Barclays” bankida ish boshlagan, uning muallifi shotlandiyalik Jon Shepard-Barron hisoblanadi.

Jon Shepard-Barronga bankomat yaratish g‘oyasining paydo bo‘lishiga turtki bergan omil esa shokolad avtomatining ish faoliyati bo‘lgan. U paytda mijozning hisob varag‘ida pul mavjudligini tekshirishning iloji yo‘qligi sababli, bankomatdan naqd pul yechish limiti 10 funt etib belgilangan. Ushbu ATM “kartasiz” bankomat bo‘lib, bankda oldindan olinishi kerak bo‘lgan maxsus vaucher (chek) evaziga naqd pul bergan. Chekni qalbakilashtirishning oldini olish uchun cheklarda past darajadagi radioaktiv yorliq (uglerod) mavjud bo‘lgan.

Har narsaning asosi bo‘lganidek, bankomatlarning “otasi” ham bor. Uning kelib chiqishi 1939-yilga borib taqaladi. Arman millatiga mansub amerikalik olim Lyuter Jorj Simyan dastlab bank bilan hech qanday aloqaga ega bo‘lmagan faqatgina naqd pul tarqatish funksiyasiga ega bo‘lgan mexanik bankomat ixtiro qilgan. Ushbu bankomat ko‘plab obyektiv kamchiliklarga qaramay qariyшb 6 oy davomida "City Bank of New York" filialida faoliyat yuritgan va oxir-oqibat istiqbolsiz deb topilib ixtirochiga qaytarilgan. 1960-yilda Simyan o‘z ixtirosini takomillshtiradi va patentlaydi.

Hozirda bankomatlar bilan ishlash interaktiv “dialog” rejimda qurilgan: bankomat sizga bir vaqtning o‘zida bir necha savol beradi va siz tugmachalarini bosish orqali taqdim etilgan variantlardan birini tanlaysiz. Bankomatlar, bank kartangizdan naqd pul yechib olish yoki kartangiz balansini to‘ldirish, kommunal va boshqa turdagi xizmatlar uchun to‘lovlar, bank kartangizga sms xabarnoma yoqish, PIN-kodni o‘zgartirish, valyuta ayirboshlash kabi amaliyotlarni bajarish imkonini bermoqda.

Bir vaqtlar shunchaki pul tarqatuvchi “sehrli quti” vazifasini bajargan va “taqchil” bo‘lgan bankomatlarni bugungi kunda hatto Shimoliy qutbda ham bemalol topishingiz mumkin. Uzoqqa ketmaymiz, quyidagi havola orqali esa o‘zingizga yaqin Hamkorbank bankomatlari joylashuvi bilan tanishing.

 

 

 





O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play