Hamkorbank G‘ijduvon naqshi: hududning ravnaqi uchun yangi filial | Maqolalar ro'yxati | Hamkorbank

Hamkorbank G‘ijduvon naqshi: hududning ravnaqi uchun yangi filial




Gijduvan-bxo-ochilishi-1.jpgOxirgi yillarda “Hamkorbank” ATB mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda. Bank tadbirkorlik muhiti yuqori bo‘lgan shahar va tumanlarda o‘z filiallari tarmog‘ini kengaytirishga katta e’tibor qaratmoqda. Bu jarayonda Chust, Xazorasp, Chirchiq, Kattaqo‘rg‘on, Urgut va Shahrisabzda oxirgi yillarda ochilgan filiallar bugungi kunda bankning strategik ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bugungi kunda “Hamkorbank” tarmog‘i 164 ta bo‘linmani o‘z ichiga olgan bo‘lib, shundan 50 tasi filial, 114 tasi esa filiallarga qarashli mini-banklardir. 

G‘ijduvon filiali “Hamkorbank” ATBning keng tarmog‘ining muhim qismi sifatida o‘z faoliyatini boshladi. Yangi filialni tashkil etishda G‘ijduvon tumani strategik joylashuvi, aholisining ko‘pligi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlanganligi sabab tanlangan. G‘ijduvon azaldan hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligi va savdo markazi sifatida tanilgan bo‘lib, bugungi kunda ham hududning iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

 

G‘ijduvonda bank faoliyatini rivojlantirish. 

2009-yildan to shu kunga qadar faoliyat yuritib kelgan G‘ijduvon bank xizmatlari ofisi (BXO) bugungi kungacha hududning iqtisodiy imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qildi. Ushbu ofis 15-yillik faoliyati davomida bankning eng samarali bo‘linmalaridan biriga aylandi. Bankning bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlari natijasida yangi filial tashkil etishga asos bo‘lgan muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi. 

Xususan, jismoniy shaxslarning omonat mablag‘lari hajmi qariyb 15 milliard so‘mni tashkil etgani mijozlarning bangga bo‘lgan yuqori darajadagi ishonchini tasdiqlaydi. Berilgan kreditlar hajmi 98 milliard so‘mga yetdi, shundan 58,2 milliard so‘m 258 ta yuridik shaxsga, 39,8 milliard so‘m esa 753 ta jismoniy shaxsga moliyaviy yordam sifatida ajratildi. Doimiy mijozlar soni 12 450 nafarga yetgan bo‘lib, ularning 450 nafari yuridik shaxslar, 12 000 nafari esa jismoniy shaxslardir. Bundan tashqari, BXO tomonidan 10 000 ga yaqin bank kartasi emissiya qilingan bo‘lib, bu hududda zamonaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanishga bo‘lgan talabning ortib borayotganidan dalolat beradi.

 

Yangi filial: yangi imkoniyatlar. 

Gijduvan-bxo-ochilishi-2.jpgG‘ijduvondagi yangi filialning ochilishi mahalliy aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Yangi filial nafaqat omonat va kredit mahsulotlarini, balki elektron xizmatlar, jumladan, onlayn to‘lovlar va mobil bank xizmatlarini ham taklif etadi. Bu moliyaviy jarayonlarning samaradorligini oshirishga, aholining kundalik ehtiyojlarini qondirishga va moliyaviy masalalarni oson hal etishga xizmat qiladi. 

Filial kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus kredit dasturlarini, shuningdek, tadbirkorlikni boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha maslahat xizmatlarini taqdim etadi. Bunday qo‘llab-quvvatlash mahalliy tadbirkorlik subyektlarining rivojlanishi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi va hudud iqtisodiyotining o‘sishiga hissa qo‘shadi.

 

Ijtimoiy ahamiyat va bandlik. 

Filial nafaqat moliyaviy xizmat ko‘rsatish nuqtasi, balki hudud uchun muhim ijtimoiy obyekt sifatida ham xizmat qiladi. Yangi filialning ochilishi natijasida 25 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Kelgusida ish hajmining oshishi bilan xodimlar sonini ikki baravarga oshirish rejalashtirilgan. Bu esa hududda ish bilan ta’minlash darajasini oshirishga xizmat qiladi.

 

Zamonaviy infratuzilma va mijozlar uchun qulayliklar. 

Gijduvan-bxo-ochilishi-3.jpgFilial zamonaviy talablarga javob beradigan binoda, ya’ni G‘ijduvon tumani, “Degrezon” mahalla fuqarolar yig‘ini, Bahouddin Naqshband ko‘chasi, 1290-uy manzilida joylashgan. Ushbu filialda elektron navbat tizimi, zamonaviy kassa xonalari, chakana xizmat ko‘rsatish bo‘limlari hamda yashil hududlar mavjud. Bu esa mijozlar uchun yanada qulay va tezkor xizmat ko‘rsatish imkonini yaratadi. 

Bankning har bir mijozga innovatsion, qulay va sifatli xizmatlarni taqdim etish vazifasi yo‘lidagi bu yangi qadam kelajakda yanada katta yutuqlarga asos bo‘ladi.

 

Qo‘shimcha ma’lumot:

“Hamkorbank” ATB O‘zbekistonning yetakchi moliya muassasalaridan biri sifatida xalqaro moliya bozorlarida katta nufuzga ega. Bank jahonning Halqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC), Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (ETTB), Osiyo Taraqqiyot Banki (ADB), Gollandiya Taraqqiyot Banki (FMO) kabi yetakchi xalqaro moliya institutlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Mazkur tashkilotlar bilan hamkorlik doirasida bankning moliyaviy barqarorligi va sarmoya salohiyati yanada mustahkamlanmoqda.

Bundan tashqari, bank SWIFT xalqaro banklararo aloqa tizimi, VISA va “UNION PAY” kabi xalqaro to‘lov tizimlari, Sharqiy Yevropa banklari assotsiatsiyasi hamda Rossiya banklari assotsiatsiyasining faol va doimiy a’zosi sifatida xalqaro moliyaviy hamjamiyatda o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda. Bu a’zolik bangga nafaqat global moliyaviy tizimlarga integratsiyalashish, balki mijozlarga keng qamrovli xalqaro xizmatlar taqdim etish imkonini bermoqda.

Mahalliy moliya bozorida ham “Hamkorbank” o‘z yetakchiligi bilan ajralib turadi. Bank respublika tijorat banklari orasida moliyaviy natijalar, aktivlar hajmi, kredit portfeli, mijozlar bazasi va innovatsion xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bir qator muhim ko‘rsatkichlarda yetakchi o‘rinni egallaydi. Shu bilan birga, bankning reytingi doimiy ravishda yuqori baholanib, mamlakatdagi eng ishonchli va barqaror moliya muassasalaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

“Hamkorbank” xususiy sektorda soliq tushumlari bo‘yicha 8-o‘rinni, Farg‘ona vodiysida esa mutlaq yetakchilikni qo‘lga kiritib, mintaqa iqtisodiyotining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Bankning mamlakat bo‘ylab keng filiallar tarmog‘i va innovatsion xizmatlari aholiga zamonaviy moliyaviy yechimlar taklif qilish imkonini bermoqda. Shuningdek, bank mijozlarga nafaqat an’anaviy moliyaviy xizmatlar, balki raqamli texnologiyalarga asoslangan ilg‘or yechimlarni ham taqdim etib, bozorda o‘z nufuzini mustahkamlashda davom etmoqda.





O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play