Hamkorbank Apple Pay xizmatini mijozlarga taqdim etadi
iPhone va Apple Watch orqali to‘lov qilishning yanada xavfsiz, ishonchli hamda maxfiy usuli
Toshkent — 27 oktyabr, 2026 yil — Hamkorbank bugun o‘z mijozlariga Apple Pay’ni taqdim etadi, bu yanada xavfsiz, himoyalangan va maxfiy to‘lov usuli bo‘lib, mijozlarga to‘lov kartasini boshqa birovga berish, jismoniy tugmalarni bosish yoki naqd pul ayirboshlashdan qochish imkonini beradi hamda har bir tranzaksiyani himoya qilish uchun iPhone’ning imkoniyatlaridan foydalanadi.
Mijozlar kontaktsiz to‘lovni amalga oshirish uchun shunchaki iPhone yoki Apple Watch’ni to‘lov terminaliga yaqinlashtiradilar. Har bir Apple Pay xaridi xavfsiz, chunki u Face ID, Touch ID yoki qurilma paroli, shuningdek, bir martalik noyob dinamik xavfsizlik kodi bilan autentifikatsiya qilinadi. Apple Pay oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalar, taksilar, restoranlar, qahvaxonalar, chakana savdo do‘konlari va boshqa ko‘plab joylarda qabul qilinadi.
Mijozlar, shuningdek, iPhone, iPad va Mac qurilmalarida Apple Pay orqali ilovalarda yoki Safari brauzerida hisob yaratmasdan yoki yetkazib berish va hisob-kitob ma’lumotlarini qayta-qayta kiritmasdan tezroq va qulayroq xaridlarni amalga oshirishlari mumkin. Apple Pay oziq-ovqat va oziq-ovqat yetkazib berish, onlayn xaridlar, transport, avtoturargoh va boshqalar uchun to‘lovni osonlashtiradi. Apple Pay orqali Apple Watch ilovalarida ham to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.
Xavfsizlik va maxfiylik Apple Pay asosini tashkil qiladi. Mijozlar Apple Pay bilan debet kartasidan foydalanganlarida, haqiqiy karta raqamlari qurilmada ham, Apple serverlarida ham saqlanmaydi. Buning o‘rniga unikal Qurilma hisob raqami tayinlanadi, shifrlanadi va to‘lov ma’lumotlarini qurilmada xavfsiz saqlash uchun mo‘ljallangan tarmoq standarti, sertifikatlangan chip bo‘lgan Secure Elementda xavfsiz saqlanadi.
Apple Payni sozlash oson. IPhone qurilmasida Wallet ilovasini ochib, + tugmasini bosing va Hamkorbank debet kartalarini qo‘shish uchun ko‘rsatmalarni bajaring. Mijoz iPhone, Apple Watch, iPad va Mac’ga karta qo‘shgach, o‘sha qurilmada darhol Apple Pay’dan foydalanishni boshlashi mumkin. Mijozlar Hamkorbank kartalari taqdim etadigan barcha mukofot va imtiyozlarni olishda davom etadilar.
Apple Pay haqida batafsil ma’lumot.
Hamkorbank haqida batafsil ma’lumot olish uchun.