Hamkorbank mamlakatimiz iqtisodiyotida energiya samaradorligi yuqori texnologiyalar ishlatilishini qo'llab-quvvatlaydi. Shu bois bankimiz o'zining yirik hamkori va aksiyadorlaridan biri ResponsAbility investments AG boshqaruvidagi bo'lgan Global Climate
Partnership Fund SA. SICAV-SIF bilan 20 mln AQSh dollari miqdorida yangi kredit kelishuvini imzoladi.
Yangi kredit liniyasi mablag'lari kichik va o'rta biznes subyektlarining yashil iqtisodiyot me'zonlariga javob beradigan loyihalariga hamda mamlakatimiz fuqarolarining elektromobillar sotib olishini moliyalashtirishga yo'naltiriladi.
ResponsAbility investments AG — dunyoning yirik investitsion kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Investitsion fond boshqaruvidagi aktivlar 3,6 mlrd. AQSh dollarini tashkil qiladi va u hozirgacha 70 dan ortiq mamlakatlarga sarmoya kiritgan.