mc.yandex.ruyandex
Sergeli tumani aholisi va tadbirkorlari uchun qulay joyda joylashgan bank xizmati ofisining ochilgani quvonchli xabar bo‘ldi. Ofis tadbirkorlik sub'yektlari va aholiga barcha turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatadi. Manzil: Toshkent shahri, Sergeli tumani, 8 mavze, 2 uy,  Sergeli tumani elektr tarmoqlari korxonasi yonida.

Ochilish marosimi joriy yilning 26 avgust kuni bo‘lib o‘tdi, tadbirga ommaviy axborot vositalari, blogerlar , tuman hokimligi vakillari hamda tadbirkorlar taklif etildi.
Marosimda “Hamkorbank“ ATB Boshqaruv raisining o‘rinbosari Alisher Muxtorov ishtirok etdi. Tadbir davomida mahsulot va xizmatlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mehmonlarga yangi filialda yaratilgan shart-sharoitlar, mahsulot va xizmatlar ko‘rsatish jarayonidagi texnologik yechimlar namoyish etildi.

Yangi ochilgan «Sergeli» bank xizmatlari ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar inobatga olingan holda zamonaviy texnika bilan jihozlangan. Qulay kutish zallari va kechayu-kunduz o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish joylari  mavjud.

“Hamkorbank” ATB ning asosiy maqsadlaridan biri o‘z mijozlarining moliyaviy ehtiyojlarini qondirish bilan birga, ularga hududiy nuqtai nazardan ham yaqinroq bo‘lishdir va shu sababli “Sergeli” bank xizmatlari ofisini ochishga qaror qilindi.
 
Xorijiy kapital ishtirokidagi “Hamkorbank” Aktsiyadorlik-tijorat banki 31 yildan buyon bank-moliya bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda, Respublikamizning barcha hududlarida 47 ta filial va 104 ta bank xizmatlari ko‘rsatish shoxobchalari faoliyat ko‘rsatmoqda. “Hamkorbank” ATB “Sergeli” bank xizmatlari ofisga marxamat! 

“Sergeli” bank xizmatlari ofisini manzili:
Toshkent shahri, Sergeli tumani, 8 mavze, 2 uy 

Aloqa markazi: 1256




O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play