Matbuot markazi
/
Press Relizlar
/
Hamkorbank va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamkorlikni kengaytirishda davom etmoqda!

Hamkorbank va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamkorlikni kengaytirishda davom etmoqda!

27.01.2022
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Joriy yilning yanvar oyida Hamkorbank va EBRD 40 million AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ajratish haqida bitim imzoladi. Jalb etilgan kredit mablag‘lari mikro, kichik va o‘rta korxonalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

E’tiborli jihati, kreditlar so‘mda taqdim etiladi, bu esa qarz oluvchilar uchun katta qulaylik yaratadi va tavakkalchiliklarni kamaytirish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, EBRD va Hamkorbank 20 yildan ziyod vaqt davomida hamkorlik qilib kelmoqda. EBRD samarali hamkorlik yillarida Hamkorbankni O‘zbekistondagi yetakchi va faol hamkor sifatida bir necha bor e’tirof etgan.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026