Matbuot markazi
/
Press Relizlar
/
Kiberxavfsizlik ogohlantirishi: firibgarlik tuzoqlari va ulardan himoyalanish

Kiberxavfsizlik ogohlantirishi: firibgarlik tuzoqlari va ulardan himoyalanish

26.01.2026
3 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Kiberxavfsizlik ogohlantirishi: firibgarlik tuzoqlari va ulardan himoyalanish

photo_2026-01-26_16-58-28 (2).jpgRaqamli texnologiyalar hayotimizni yengillashtirayotgani bilan birga, yangi xavf-xatarlarni ham keltirib chiqarmoqda. So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda sohta akkauntlar orqali pul so‘rash, shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish va moliyaviy firibgarlik holatlari ko‘payib bormoqda. Eng xavflilaridan biri — fishing usuli hisoblanadi.

Fishing nima ekanini bilasizmi? Fishing — bu firibgarlarning o‘zini bank, do‘st, qarindosh yoki ishonchli tashkilot sifatida ko‘rsatib, foydalanuvchini aldash orqali pul yoki maxfiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish usulidir. Ular ko‘pincha psixologik bosim, shoshilinch vaziyat yoki hissiyotlarga ta’sir qilish orqali harakat qiladi.

Firibgarlik qanday amalga oshiriladi? Firibgarlar odatda quyidagi yo‘llardan foydalanadi:

  • Boshqa odamlarga tegishli rasmlar va ma’lumotlar asosida sohta akkauntlar yaratish;
  • Uzoq suhbatlar orqali ishonchga kirish;
  • «Favqulodda holat», «yordam kerak», «sarmoya kiritish imkoniyati» kabi bahonalar bilan pul so‘rash;
  • Sohta havolalar orqali foydalanuvchini qalbaki saytga yo‘naltirish.

Bunday holatlarda foydalanuvchi haqiqiy bank yoki tanish inson bilan muloqot qilayapman, deb o‘ylashi mumkin. Eng ko‘p uchraydigan fishing belgilari.

  • Juda shoshilinch va hissiyotga boy murojaatlar
  • Notanish raqam yoki yangi ochilgan akkaunt;
  • Havola orqali karta, SMS-kod yoki login-parol so‘ralishi;
  • Matnda imlo xatolari yoki g‘alati murojaat uslubi.

O‘zingizni qanday himoya qilasiz? Raqamli xavfsizlik — bu har bir foydalanuvchining mas’uliyati. Quyidagi oddiy qoidalar sizni firibgarlikdan asrashi mumkin:

  • Shaxsan tanimagan odamlarga pul yubormang;
  • Shoshilinch pul so‘rovlariga darhol ishonmang;Pro
  • fil rasmini internet orqali tekshirib ko‘ring;
  • Hech qachon karta rekvizitlari, SMS-kodlar va parollarni bermang;
  • Shubhali akkaunt va xabarlarni darhol ochmang.

Banklar sizning xavfsizligingizni qanday ta’minlaydi? Banklar doimiy ravishda axborot xavfsizligini kuchaytirib boradi, ammo foydalanuvchining o‘zi ham hushyor bo‘lishi muhim. Rasmiy banklar hech qachon ijtimoiy tarmoqlar yoki shaxsiy chatlar orqali maxfiy ma’lumot, ayniqsa sms-kodlarni so‘ramaydi.

Xulosa shuki, firibgarlar texnologiyalar bilan birga «rivojlanmoqda», ammo ogohlik va bilim — eng kuchli himoya vositasidir. Har bir shubhali xabarni tekshiring, hissiyotlarga berilmang va faqat rasmiy manbalarga ishoning.

Hushyor bo‘ling, o‘zingiz va yaqinlaringizni himoya qiling!

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026