mc.yandex.ruyandex

Oltin medal sohibasining tadbirkorlikdagi yo‘li


“Hamkorbank” ATB tomonidan barqaror rivojlanish va ijtimoiy mas’uliyatga qaratilgan ESG strategiyasi qabul qilindi. Ushbu strategiya doirasida biz muvaffaqiyatga erishgan mijozlarimiz haqida turkum maqolalar e’lon qilishni yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Bizning birinchi qahramonimiz esa mikro mijozdan Bankning korporativ mijoziga aylanishga ulgurgan tadbirkor Chagay Anjelika Mironovna hisoblanadi. 

Ushbu tadbirkor uzoq vaqtdan beri bizning hamkorimiz hisoblanadi va Bank ko‘magi bilan uning biznesi doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Ta’kidlash kerakki, ushbu mijoz erishgan yutuqlar ilhomlantiradi va birgalikdagi sa’y-harakatlar qanday qilib muhim yutuqlarga olib kelishi mumkinligiga isbot bo‘la oladi. Bu hikoya nafaqat moliyaviy o‘sish, balki haqiqiy hamkorlik, ishonch va yaxshi kelajakka intilish haqida ham so‘zlaydi. 

Men jurnalistman va 2016 yildan beri ushbu “qozonda qaynayman”. Mening sohamda yon daftardagi tezislar juda muhim rol o‘ynaydi. Agar respondentning aytar so‘zi, u bilan suhbatlashish uchun qiziqarli mavzu bo‘lsa, yoritish uchun borgan tadbiringiz qiziq bo‘lsa yoningizdagi yon daftarga o‘zingiz zarur deb bilgan tezislar tushurish tayyorlanajak material mazmunli bo‘lishini tahminlaydi. Mo‘yqalam sohiblarida shunday ibora bor: “Men rassomman va haqiqatni men aynan shunday ko‘raman”. Jurnalistlar ham ko‘rgani va his qilganini ommaga taqdim etadi. Tan olish kerakki, tajribamda oldimda yon daftar yo‘qligidan afsus qilgan paytlarim juda kam bo‘lgan bo‘lsa bu safargi respondent bilan suhbat yonimda qoralashga bir varaq oq qog‘oz yo‘qligi meni afsuslantirdi. 

Hamkorbank-chagay-plus-1.jpg- “Ota-onam ziyoli insonlar, mening o‘zim ham maktabni oltin medalga tamomlaganman. Mening ham ilm-fan yo‘lidan ketishim kutilgan bir pallada tadbirkor bo‘lmoqchiligimni bildirganman”. - deya ta’kidlaydi Anjelika. - “Oila a’zolarimda bu sohada zafar quchishim borasida shubhalar bo‘lgan, hattoki, oilamizni sharmanda qilma deb dakki ham berishgan. Ko‘rib turganingizdek, bekorga havotir olishganini isbotladim”. - Anjelika tabassum bilan yaqinlaridagi dastlabki hadiklar haqida so‘zlab berdi. 

Anjelikaning so‘zlariga qaraganda ushbu korxona 2004 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda: “Hozirgi kundagi tovarlar uchun yorliqlar ishlab chiqarish loyihamiz 2014 yilda amaliyotga tadbiq qilingan bo‘lib, biz o‘z yo‘nalishimizni topgunimizcha tadbirkorlikning turli sohalarida o‘zimizni sinab ko‘rdik. Bugungi kunda biz har qanday turdagi, modifikatsiyadagi va har qanday materialdan yorliqlar ishlab chiqarishga ixtisoslashganmiz”. - ta’kidlaydi Anjelika. 
Hamkorbank-chagay-plus-2.jpg
Kompaniya to‘liq xizmatlar spektrini taqdim etadi: dizayndan tayyor yorliqlargacha, dizayn xizmatlari bepul taqdim etiladi. Shuningdek, kompaniyada kombinatsiyalangan materiallarni ishlab chiqarish uchun maxsus uskunalar mavjud bo‘lib, bu mahsulot tannarxini kamaytiradi. Ta’kidlash kerakki, ushbu korxonaga mamlakatimizdagi , “Artel”, “Sagban”, “Rozmetov”, “Sherin”, “Kamilka”, “Alper”, “Omega” kabi ko‘plab mashxur va talabgir brendlar ishonch bildirgan. - “Odamlar bizni shaxsan tanimasa ham biz har bir xonadonda o‘z mahsulotlarimiz bilan mehmonmiz”, biznes ledi faxr bilan ta’kidlaydi.  
  
Hamkorbank-chagay-plus-7.jpgHamkorbank-chagay-plus-8.jpg

Ishlab chiqarish korxonasining faoliyati 3 ta sex o‘rtasida taqsimlangan. Yorliqlar dizayni ustida dizaynerlar va flexo bosib chiqarish uskunalari birgalikda ishlaydilar. Agar buyurtmachi tayyor mahsulotlarni olib ketishga vaqt topa olmasa kompaniya yetkazib berish xizmatini ham taqdim etishi mumkin. 
“Chagay Plus” MChJ hamda “Hamkorbank” ATB o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikga o‘n yildan oshdi. Biz Bank ko‘magida shaxdam qadamlar bilan “Birgalikda yuksalish sari” bormoqdamiz”, deya ta’kidlaydi Anjelika. 
   
Hamkorbank-chagay-plus-3.jpgHamkorbank-chagay-plus-4.jpgTadbirkor 2011 yilda birinchi marta hamkorlik maqsadida Bankka qilgan murojaati, ushbu mijozning mikro mijozdan korporativ mijoz sifatida shakllanishiga qo‘yilgan ilk qadam bu - Bankning mikrokredit mahsuloti hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu korxona ko‘plab ishchi o‘rinlar yaratish orqali hamyurtlarimiz farovonligi rivojiga hissa qo‘sha oladigan, mamlakatimiz ichki bozorida o‘zining metin o‘rniga ega.

Jumladan, Bank tomonidan ajratilgan kredit evaziga korxonada italiyadan keltirilgan OMET flexo bosib chiqarish uskunasi o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu uskuna yordamida yuqori mahsuldorlik, mantiqiy dizayn va boshqarish qulayligini birlashtirgan har qanday murakkablikdagi yorliqlarni chop etish mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, yangi bosma tizimni sotib olish kompaniyani to‘liq modernizatsiya qilishga intilayotgan Anjelika Chagay uchun boshlang‘ich nuqta bo‘ldi.

Hamkorbank-chagay-plus-6.jpgDastlab ushbu korxonada dastlab 30 ga yaqin xodim faoliyat yuritgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay, xuddi shunday ambitsiyalarga ega bo‘lgan odamlar jamoasi tuzildi va bugungi kunda xodimlar soni yuz kishidan ortiq. Qahramonimiz so‘zlariga qaraganda, o‘z vaqtida kadrlar yetishmovchiligidan qiynalgan, bunga sabab, sohada ma’lumotli va amaliy tajribaga ega, o‘z ishida natijaga intilayotgan, zamonaviy uslub va yondashuvlardan foydalanadigan qizlar va ayollar ko‘p, lekin ularga "dedlayn" belgilanar edi. 
Agar xodim turmushga chiqmagan bo‘lsa, unda uning "dedlayni" turmush qurganigacha. Shundan so‘ng ko‘p hollarda yo qaynonalar kelinning ishlashiga qarshilik qilardilar yoki turmush o‘rtog‘iga ishlab chiqarishning har bir daqiqasi ulkan mas’uliyat kasb etadigan joyda faoliyat yuritishi ma’qul kelmas edi. - "Tushunaman, aqlli va o‘qimishli qiz hammaga kerak", deydi Anjelika tabassum bilan.
 
Bugungi kunga kelib, nafaqat oila instituti, balki butun mamlakat taraqqiyotida turli sohalarda xotin-qizlar katta ta’sir kuchiga ega ekanligini odamlar allaqachon anglab yetgan. Ular ayollarning jamiyatda o‘z munosib o‘rnini topishiga bo‘lgan urinishlariga xurmat bilan qaray boshladilar, bildirilayotgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Umuman olganda, tadbirkorlik sohasida ayollarning o‘sish tendentsiyasi hayratlanarli, dedi respondentimiz Anjelika.
Ichki bozorni o‘z xizmatlari bilan ta’minlovchi korxonaning ustuvor yo‘nalishi xalqaro bozorga chiqish, shuningdek, yangi kompaniya binosi qurilishini yakunlashdan iborat. Qurilish ezgu niyatlar bilan boshlangan, imkoniyatlarni kengaytirish bilan birga, yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan.

Hamkorlikdagi kamchiliklarni bartaraf etish, Bank faoliyati va mahsulotlari yuzasidan fikr almashish bo‘yicha takliflar bor-yo‘qligini bilish maqsadida yo‘llagan savolimizga quyidagi javob oldik: “Men printsipial insonman, tadbirkor sifatida esa hamkorlikda ishonch, moslashuvchan sharoitlar va qulaylik Bankning sodiq mijozi bo‘lib qolishda katta rol o‘ynaydi. O‘tgan yillar davomida “Chagay Plus” MChJ hamda “Hamkorbank” ATB o‘rtasida keng ma’noda oqilona, emotsional va ratsional boshlanishga ega bo‘lgan ijobiy munosabatlar shakllanib ulgurdi. Shuni ta’kidlash kerakki, kompaniyaning qadriyatlari, uning bozordagi o‘rni, reklama obrazlari va xabarlari bizga yaqin. Bizning ratsional sodiqligimiz esa tovar va xizmatlar sifatidan qoniqish va “Hamkorbank” ATB bilan uzoq muddatli va muntazam hamkorlikdan oladigan foydamizga asoslanadi. Boshqacha aytganda, agar ish jarayonida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holatda biz Bank bilan hamkorlikni davom ettirmagan bo‘lardik”.

Uchrashuvni to‘liq videosini tomosha qilmoqchi bo‘lsangiz ushbu xavolaga o‘ting.




O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play