«S&P Global Rаtings» agentligi «Hamkorbank» ATB reytinglarini yangiladi!
23.12.2022
1 daqiqa
S&P Global Ratings Hamkorbank reytinglarini yangiladi
E’lon qilingan hisobotga ko‘ra, «Hamkorbank» reytingi O‘zbekiston bank tizimidagi eng yuqori reytinglardan biri hisoblanadi.
Uzoq muddatli kredit reytingi — «B+»;
Qisqa muddatli kredit reytingi — «B»;
Reyting prognozi — «Ijobiy».
Foizsiz daromadlarning yuqori darajasi bankning yuqori rentabelligini ta’minlamoqda.
Bank tizimida chakana omonatlarning salmoqli qismiga ega bo‘lganligi esa «Hamkorbank»ni tizimli ahamiyatga ega bo‘lgan bank ekanligini bildiradi.