mc.yandex.ruyandex

Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) va “Hamkorbank” ATB o‘rtasida O‘zbekistonda mikro, kichik va o‘rta biznes korxonalarni moliyalashtirish maqsadida 35 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit shartnomasini imzolash marosimi


Toshkent sh., 15.10.2023 y.

 

Bugun Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) va Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki o‘rtasida xususiy sektordagi investitsiyalarni moliyalashtirish uchun 35 mln AQSH dollari miqdorida mablag‘lar ajratish to‘g‘risida kredit shartnomasini rasmiy imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.


Mazkur shartnoma O‘zbekistondagi mikro, kichik va o‘rta korxonalarni (MKO‘K) moliyalashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun mablag‘lar ajratish va xususiy sektorga investitsiyalarni oshirishni ko‘zda tutadi. O‘zbekiston iqtisodiyotida mikro, kichik va o‘rta biznes subyektlari muhim rol o‘ynaydi. Yalpi ichki mahsulotning 54 % va ish o‘rinlarining 78 % ularning hissasiga to‘g‘ri keladi.


“Kichik va o‘rta biznes subyektlarining mamlakat iqtisodiyotidagi muhim o‘rni va salmog‘ini hisobga olgan holda, biz Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi tomonidan taqdim etilayotgan mablag‘lar va ularni bankimiz tomonidan maqsadli ishlatilishi, MKO‘K subyektlarini moliyaviy xizmatlardan foydalanish ko‘rsatkichlarini oshirib, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishiga ishonamiz” – deb, taʼkidladi “Hamkorbank” ATB Boshqaruvi raisi Baxtiyorjon Jo‘rayev.


Mikro, kichik va o‘rta korxonalarni ravnaq topishi mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda qanchalik muhim ekanligiga qaramasdan, haligacha ularni samarali moliyalashtirishni yo‘lga qo‘yish dolzarb vazifaligicha qolmoqda.


Mazkur loyiha, O‘zbekistonda MKO‘Klarning barqaror rivojlanishi, ularni moliyalashtirishga yo‘l ochish bilan ko‘mak berish va bu bilan BMT Bosh Assambleyasining Barqaror Rivojlanish Maqsadlarida beligilangan 8-maqsad (munosib ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiy o‘sish) va 17-maqsadlari (ko‘zlangan maqsadlar yo‘lidagi hamkorlik) ga erishishga hissa qo‘shishga yo‘naltirilgan.


Ushbu kredit mablag‘lari rivojlanayotgan mamlakatlarda moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasini oshirishga ko‘maklashish uchun 2023 yilning may oyida joriy qilingan 1,5 mlrd AQSH dollari miqdoridagi qarz dasturi - Moliyalashtirishni tezlashtirish mexanizmi (FAFI) asosida Xalqaro Moliyaviy Korporatsiya (IFC) bilan birgalikda moliyalashtiriladi.   


Tadbirda so‘zga chiqqan JICAning katta  vitse-prezidenti  Imoto Sashiko, tashkilot O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznes subyektlarini moliyaviy qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda xususiy sektor mablag‘larini yo‘naltirish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatishda davom etishini alohida qayd etdi.


Toshkent shahrida JICA vakolatxonasi o‘z faoliyatini 1999 yilda boshlagan va u iqtisodiy infratuzilmani yangilash va takomillashtirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tishni jadallashtirish maqsadida inson resurslarini va institutsional tuzilmalarni rivojlantirishga ko‘maklashish, iqtisodiyot va sanoatni rag‘batlantirish, shuningdek, ijtimoiy sektorni (sog‘likni saqlash, qishloq xo‘jaligi va qishloq hududlarini   rivojlantirish) qayta tizimlashga ko‘maklashish singari ustuvor sohalardagi loyihalarni amalga oshirib keladi.   


“Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki 1991 yilda tashkil etilgan bo‘lib,  respublika bo‘yicha 153 nafardan iborat katta ofislar tarmog‘iga ega. Bank mikromoliyalash ko‘rsatkichlari bo‘yicha respublikaning eng yirik banklar uchligiga kiradi. Bankning asosiy faoliyati O‘zbekiston iqtisodiyotining real sektorini kreditlash, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida texnik va texnologik modernizatsiya loyihalarini moliyalashtirishdan iborat. Bank faoliyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish ustuvor ahamiyatga ega.

   

 

Mavzuga oid havolalar:

Создание Фонда ускорения расширения доступа к финансовым услугам (FAFI) (финансирование инвестиций в частный сектор): Расширение доступа к финансированию и содействие расширению прав и возможностей женщин, людей с низкими доходами, а также микро-, малых и средних предприятий
https://www.jica.go.jp/english/information/press/2023/20230524_33.html

“Hamkorbank” ATB rasmiy sayti

https://www.hamkorbank.uz/about-bank/






O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play