«Hamkorbank» ATB Andijon shahrida joylashgan 16 qavatli binosida qurilish-montaj ishlari yuzasidan tanlov e’lon qiladi
Hamkorbank" ATB Andijon shahrida joylashgan qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan 16 qavatli binosida isitish tizimi, avtomatik yong‘in o‘chirish tizimi, yong‘in kranlari tizimi, elektr tizimlarini montaj ishlari yuzasidan tanlov e’lon qiladi
Tanlov talablari:
- O‘zbekiston Respublikasidagi tajribasi;
- Barcha qo‘shimcha talablar texnik talablar hujjatida (ilova-№ 1) ko‘rsatilgan.
Zaruriy hujjatlar:
- Ishlarni bajarish uchun kompaniya Nizomi;
- Faoliyati haqidagi guvohnomasi.
Tanlov shartlari:
- Takliflar elektron pochta orqali quyidagi manzilda qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz;
- Ma’lumot tijorat taklif mazmunida bo‘lib, taklif qilinayotgan mahsulot haqida qisqa izoh berilishi so‘raladi;
- Yuborilgan ma’lumot mavzusi «Montaj tizimlari» deb ko‘rsatilishi kerak.
Takliflarni jo‘natishning oxirgi muddati: 2025-yil 23-iyun.
To‘lov valyutasi: Milliy valyuta so‘m.
Muloqot qiluvchi shaxslar:
Tanlov bo‘yicha savollar: Murodjon Ataboev, m.ataboev@hamkorbank.uz
Telefon: 0−800−1-200−200 ichki:1221
Texnik talab bo‘yicha savollar: Yuldashev Dilmurodjon, ichki raqam: 1285