Matbuot markazi
/
Tenderlar va tanlovlar
/
«Hamkorbank» ATB «Bankomatlar uchun kapsula (ATM kabina) larini» tayyorlash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi

«Hamkorbank» ATB «Bankomatlar uchun kapsula (ATM kabina) larini» tayyorlash bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi

28.07.2026
3 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:

  • Bankomatlar uchun kapsula (ATM kabina) larga tayyorlash ish tajribasi mavjudligi;
  • O’zbekiston Respublikasi bo’ylab yetkazib berish imkoniyati.
  • Ishtirokchilar tomonidan Texnik topshiriq talablariga muvofiqligini sinash va tahlil qilish uchun 1 (bitta) donadan kapsula sinov namunasi taqdim etilishi shart. Namuna kapsulasini yetkazib berish xarid hujjatlari shartlariga muvofiq haq to‘lanadigan (pullik) asosda amalga oshiriladi.
  • Ishlab chiqaruvchi har bir kapsulani ushbu texnik topshiriqqa asosan bankka birma-bir topshiradi.
  • Kapsulalarga 3 yil garantiya beriladi.
  • Bank tomonidan hech qanday kamchilik va muammolarsiz qabul qilingan kapsulalarga ishlab chiqaruvchi tomonidan garantiya muddati davomida to‘liq xizmat ko‘rsatiladi. Garantiya davrida kapsulaga o‘rnatilgan jihozlar: konditsioner, videoregistrator va unga bog‘liq qurilmalar, elektr jihozlari, tashqi yorituvchi elektr jihozlari va yozuvlari, issiq va sovuqdan himoya qiluvchi termo qoplama nosoz holga kelgan taqdirda ishlab chiqaruvchi tomonidan to‘liq almashtirib beriladi. Bundan tashqari qor, yomg‘ir, do‘l kabi yog‘ingarchilik bo‘lganda kapsula tomidan suv o‘tishi holatlari aniqlansa va bankomatga va kapsula jihozlariga zarar yetkazilsa, ishlab chiqaruvchi ushbu zararni to‘liq qoplaydi.
  • Garantiya muddati tugagandan so‘ng kapsulalarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bank bilan alohida kelishuv amalga oshiriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Tanlov taklifi (ilova 2);
  2. Ishtirokchi anketa (ilova 1);
  3. O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4);
  4. Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.

Yuoqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.

Tanlov materiallari:

  1. Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli;
  2. Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli;
  3. Ilova 3 — Texnik topshiriq;
  4. Texnik topshiriq Ilova 1 — Kapsula dizayni;
  5. Texnik topshiriq Ilova 2 — Kapsula chizmasi;
  6. Ilova 4 — Tajriba ma’lumotnomasining shakli.

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
  • Pochta mavzusida «Kapsula» deb ko‘rsatish zarur.
  • Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
  • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 10.08.2026 yilgacha.

Aloqa ma’lumotlari:

Tanlov bo‘yicha savollar:
Telefon: 0−800−1-200−200, 1256
Axmedov Dilshod, ichki: 0574
Artikov Mavlonbek, ichki: 0308

Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.

Oxirgi yangilanish sanasi: 28.07.2026