«Hamkorbank» ATB bankomatlar uchun boshqaruv dasturiy ta’minotini joriy etish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi
20.07.2026
3 daqiqa
«Hamkorbank» ATB bankomatlar uchun boshqaruv dasturiy ta’minotini joriy etish (litsenziyalarni sotib olish, dasturiy ta’minotni joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash) bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi
Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:
- Litsenziyalarni yetkazib berish, dasturiy ta’minotni joriy etish, texnik qo‘llab-quvvatlash va keyingi rivojlantirish bo‘yicha tijorat taklifini taqdim etish;
- Majburiy funksional, texnik va axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligini tasdiqlash;
- Arxitektura, funksional, texnik, axborot xavfsizligi hamda unumdorlik (Performance) bo‘yicha chek-listlarni to‘ldirib taqdim etish;
- Loyihani joriy etish bo‘yicha bosqichlar, amalga oshirish muddatlari, nazorat nuqtalari (Milestones) hamda tomonlar mas’uliyati taqsimotini o‘z ichiga olgan batafsil rejani taqdim etish;
- Malakali loyiha jamoasi mavjudligini hamda shunga o‘xshash loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish tajribasini tasdiqlash.
- Taklif etilayotgan yechim bo‘yicha Demo taqdimotini o‘tkazish;
- Tizimni joriy etish, integratsiya qilish, migratsiya jarayonlarini amalga oshirish, Bank xodimlarini o‘qitish hamda tizimni sanoat ekspluatatsiyasiga topshirishni ta’minlash;
- Kelishilgan SLA talablariga muvofiq kafolatli va texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini ta’minlash.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
- Ishtirokchi anketasi (ilova 1);
- O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4);
- Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.
Yuqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.
Tanlov materiallari:
- Ilova 1 — Ishtirokchi anketasi shakli;
- Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli;
- Tanlov taklifiga Ilova 1(Excel);
- Ilova 3 — Texnik topshiriq;
- Ilova 1 — Texnik topshiriqga;
- Ilova 2 — Texnik topshiriq (Ishni bajarish rejasi va muddati);
- Ilova 3 — Texnik topshiriq (SLA);
- Ilova 4 — Tajriba ma’lumotnomasining shakli.
Takliflarni topshirish shartlari:
- Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz;
- Pochta mavzusida «Bankomatlarni boshqarish dasturini joriy etish» deb ko‘rsatish zarur.
- Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
- Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 07.08.2026 yilgacha.
Aloqa ma’lumotlari:
Tanlov bo‘yicha savollar:
Telefon: 0−800−1-200−200, 1256
Axmedov Dilshod, ichki: 0574
Artikov Mavlonbek, ichki: 0308
Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.