Audio monitoring tizimini joriy etish bo’yicha ochiq tanlov
21 / 04 / 2026“Hamkorbank” ATB uchun “Audio monitoring tizimini joriy etish (litsenziyalarni yetkazib berish, dasturiy ta’minotni joriy qilish, texnik qo’llab-quvvatlash)” bo’yicha shartnoma tuzish huquqi uchun ochiq tanlov e’lon qiladi
Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ravishda, tanlov predmeti bo’lgan uskunalarni yetkazib berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish xuquqiga ega bo’lishi lozim. Shu jumladan, ishtirokchilarga quyidagi talablar qo’yiladi:
- Ishtirokchilarga qo’yiladigan talablar Ilova 4 – Texnik topshiriqda bayon etilgan.
Tanlovda ishtirok etishi uchun jamoaviy arizalar ko’rib chiqilmaydi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
- Tanlov taklifi (ilova 2), Tanlov taklifiga (ilova 1);
- Ishtirokchi anketa (ilova 1);
- Tajriba ma’lumotnomasining shakli (ilova 3);
- Texnik topshiriq (ilova 4);
- Texnik topshiriqga ilova 1: tizim uchun funktsional va funktsional bo’lmagan talablar;
- Texnik topshiriqga ilova 2: Audio monitoring guruhining amalga oshirish rejasi va tarkibi shakli;
- Texnik topshiriqga ilova 3: Qo’llab quvvatlash uchun SLA;
- Texnik topshiriqga ilova 4: WERni hisoblash metodoligiyasi;
- Xodimlar to’g’risida ma’lumotlar;
- Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.
Yuqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.
Tanlov materiallari:
- Tanlov hujjatlari;
- Ilova 1 – Ishtirokchi anketa shakli;
- Ilova 2 – Tanlov taklifi shakli;
- Tanlov taklifiga Ilova 1;
- Ilova 3 – Tajriba ma’lumotnomasining shakli;
- Ilova 4 – Texnik topshiriq;
- Texnik topshiriqga ilova 1: tizim uchun funktsional va funktsional bo’lmagan talablar;
- Texnik topshiriqga ilova 2: Audio monitoring guruhining amalga oshirish rejasi va tarkibi shakli;
- Texnik topshiriqga ilova 3: Qo’llab quvvatlash uchun SLA;
- Texnik topshiriqga ilova 4: WERni hisoblash metodoligiyasi;
- Xodimlar to’g’risida ma’lumotlar.
Takliflarni topshirish shartlari:
- Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
- Pochta mavzusida: «Audio monitoring» deb ko‘rsatish zarur.
- Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
- Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 04.05.2026 yilgacha.
Aloqa ma’lumotlari:
Tanlov bo‘yicha savollar: Ahmedov Dilshod,
Telefon: 0-800-1-200-200, 1256 ichki: 0574
Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlash va tanlov qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladilar.





