Matbuot markazi
/
Tenderlar va tanlovlar
/
«Hamkorbank» ATB yetkazib beruvchilar o‘rtasida bank ichki standartlari asosida tayyorlangan uniformalar sotib olish uchun tanlov e’lon qiladi

«Hamkorbank» ATB yetkazib beruvchilar o‘rtasida bank ichki standartlari asosida tayyorlangan uniformalar sotib olish uchun tanlov e’lon qiladi

23.07.2026
3 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:

  • Yetkazib beruvchi qonunchilikka muvofiq ro’yxatdan o’tgan yuridik shaxs bo’lishi kerak.
  • Uniformalarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish bo’yicha kamida 2 yillik tajribaga ega bo’lishi maqsadga muvofiq.
  • Taklif etilayotgan mahsulotlar texnik topshiriqda belgilangan sifat, dizayn, rang va o’lcham talablariga to’liq javob berishi shart.
  • Matolar yangi, sifatli, mustahkam va inson salomatligi uchun xavfsiz bo’lishi kerak.
  • Har bir o’lcham bo’yicha namuna (agar talab etilsa) taqdim etilishi lozim.
  • Yetkazib beruvchi buyurtmachining logotipi, kashta yoki bosma yozuvlarini sifatli tushirish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
  • Buyurtma shartnomada belgilangan muddatlarda to’liq yetkazib berilishi shart.
  • Mahsulotlarda ishlab chiqarish nuqsonlari aniqlansa, yetkazib beruvchi ularni o’z hisobidan almashtirishi yoki bartaraf etishi kerak.
  • Mahsulot sifatiga kamida 6 oy kafolat berilishi tavsiya etiladi.
  • Yetkazib beruvchi mahsulot bilan birga hisob-faktura, sifatni tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud bo’lsa sertifikatlar) va kafolat hujjatlarini taqdim etishi kerak.
  • O’lchamlar buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan ro’yxat asosida tikilishi yoki yetkazib berilishi lozim.
  • Yetkazib beruvchi zarurat tug’ilganda qo’shimcha buyurtmalarni ham qisqa muddatda bajarish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Tanlov taklifi (ilova 2) va Tanlov taklifiga (ilova 1);
  2. Ishtirokchi anketa (ilova 1);
  3. O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4);
  4. Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.

Yuoqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.

Tanlov materiallari:

  1. Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli;
  2. Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli;
  3. Tanlov taklifi shakliga ilova 1;
  4. Ilova 3 -Texnik topshiriq;
  5. Ilova 4 — Tajriba ma’lumotnomasining shakli;
  6. Ilova 3.1 — To’plam tarkibi va o’lchamlari.

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
  • Pochta mavzusida «Uniforma» deb ko‘rsatish zarur.
  • Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
  • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 31.07.2026 yilgacha.

Aloqa ma’lumotlari:
Tanlov bo‘yicha savollar: Axmedov Dilshod
Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki: 0574

Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.

Oxirgi yangilanish sanasi: 23.07.2026