Matbuot markazi
/
Tenderlar
/
“Chat-platforma” tizimini joriy etish uchun tanlov

«Hamkorbank» ATB «Chat-platforma» tizimini joriy etish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

05.05.2026
3 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

«Hamkorbank» ATB «Chat-platforma» tizimini joriy etish (litsenziyalarni xarid qilish, dasturiy ta’minotni joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash) bo‘yicha shartnoma tuzish huquqi uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:

Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ravishda, tanlov predmeti bo’lgan uskunalarni yetkazib berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish xuquqiga ega bo’lishi lozim. Shu jumladan, ishtirokchilarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  1. Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar 3 — Texnik topshiriqda batafsil bayon etilgan.

*Tanlovda ishtirok etishi uchun jamoaviy(kollektiv) arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Tanlov taklifi (ilova 2);
  2. Ishtirokchi anketa shakli (ilova 1);
  3. Texnik topshiriq (ilova 3);
  4. Texnik topshiriqga ilova 1;
  5. Texnik topshiriqga ilova 2; Tanlov taklifi shakli (Chat-platforma)
  6. Texnik topshiriqga ilova 3; Qo’llab quvvatlash bo’yicha SLA;
  7. Tajriba ma’lumotnomasining shakli (ilova 4);
  8. Ishtirokchi ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha materiallar;

Yuqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.

Tanlov materiallari:

1. Tanlov hujjatlari;

2. Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli;

3. Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli;

4. Ilova 3 — Texnik topshiriq (Ilovalar bilan);

4.1 Texnik topshiriqga 1-ilova — Chat-platformaga qo‘yilgan funksional va nofunksional talablar ro‘yxati;

4.2 Texnik topshiriqqa 2-ilova — joriy etish rejasi va loyiha jamoasi tarkibi shakli;

4.3 Texnik topshirqqa 3-ilova Qo‘llab-quvatlash bo‘yicha SLA;

5. 4-ilova — Tajriba ma’lumotnomasining shakli.

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
  • Pochta mavzusida: «Chat-platforma» deb ko‘rsatish zarur.
  • Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
  • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 15.05.2026 yilgacha.

Aloqa ma’lumotlari:

Tanlov bo‘yicha savollar: Ahmedov Dilshod,

Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki: 0574

Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlash va tanlov qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladilar.

Oxirgi yangilanish sanasi: 06.05.2026