«Hamkorbank» ATB LIDIX SL-250 °F 3 cho‘ntakli pul saralash uskunalarini ta’mirlash xizmati uchun tanlov e’lon qiladi
24.09.2024
2 daqiqa
Xizmat ko‘rsatuvchilar uchun talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab xizmat ko’rsatish tajribasi;
- Kafolat muddati tugagandan so’ng, xaridor hisobidan — xizmat ko’rsatuvchi kompaniyaning sertifikatlangan mutaxassislari tomonidan davriy bir yilda 4(to‘rt) marta texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash. Ehtiyot qismlar asl nusxada kafolatlangan bo‘lishi lozim;
- Uskunalar joylashgan manzillar ilova qilinadi.
- To‘lovlar tehnik ko‘rik uchun har kvartalda, ta’mirlash uchun har oyda bajarilgan ishlar akti berilgandan keyin.
Zaruriy hujjatlar:
- Ta’mirlash xizmati uchun kafolat;
- Xizmat ko‘rsatuvchining tadbirkorlik faoliyati haqidagi guvohnomasi.
- Ehtiyot qismlar narhlari.
Tanlov shartlari:
- Takliflar elektron pochta orqali quyidagi manzilda qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz;
- Ma’lumot tijorat taklif mazmunida bo‘lib, taklif qilinayotgan ta’mirlash xizmat haqida qisqa izoh berilishi so‘raladi;
- Yuborilgan ma’lumot mavzusi «LIDIX» deb ko‘rsatilishi kerak
Takliflarni jo‘natishning oxirgi muddati: 2024 yil 23 oktabr.
Miqdori: Filiallar bo‘yicha jami — 50 dona
To‘lov valyutasi: Milliy valyuta so‘m.
Muloqot qiluvchi shaxslar:
Tanlov bo‘yicha savollar: Murodjon Ataboev, m.ataboev@hamkorbank.uz
Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki: 1221