Matbuot markazi
/
Tenderlar va tanlovlar
/
«Hamkorbank» ATB «Commvault zaxira nusxalash tizimi litsenziyalari va uskunalarini kengaytirish hamda ZMQIMda Commvault zaxira nusxalash tizimini yaratish» bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

«Hamkorbank» ATB «Commvault zaxira nusxalash tizimi litsenziyalari va uskunalarini kengaytirish hamda ZMQIMda Commvault zaxira nusxalash tizimini yaratish» bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

24.07.2026
4 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:

  • barcha komponentlari yangi, ilgari foydalanilmagan bo‘lishi shart. Ko‘rgazma namunalarini, qayta tiklangan uskunalarni yoki qayta tiklangan uzel va agregatlardan yig‘ilgan uskunalarni yetkazib berishga yo‘l qo‘yilmaydi;
  • barcha komponentlar ishlab chiqaruvchining rasmiy sertifikatiga ega bo‘lishi hamda vakolatli yetkazib berish kanallari orqali yetkazilishi lozim;
  • yetkazib beriladigan uskunalar uchun kafolat muddati kamida 36 oy bo‘lishi kerak;
  • texnik qo‘llab-quvvatlash darajasi Premier NBD (Next Business Day) yoki ishlab chiqaruvchining shunga teng darajadagi xizmatidan past bo‘lmasligi lozim;
  • yetkazib beriladigan yechim Bankning amaldagi Commvault infratuzilmasi bilan to‘liq mos bo‘lishi kerak;
  • yechimni joriy etish Asosiy MQIMdagi mavjud zaxira nusxalash siyosatlari, vazifalari, jadvallari va jarayonlari ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi lozim;
  • bitta lot doirasida yetkazib beriladigan barcha СРК media-serverlari tanlangan ishlab chiqaruvchining bir avlodga mansub aynan bir xil modeli bo‘lishi hamda protsessorlar, xotira modullari, tarmoq adapterlari va ma’lumotlarni saqlash kontrollerlarini o‘z ichiga olgan to‘liq mos komponentlarga ega bo‘lishi kerak;
  • bitta lot doirasida turli apparat arxitekturalari, turli ishlab chiqaruvchilar komponentlari yoki serverlarning turli modellarini aralashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
  • yechimning asosiy apparat komponentlari, jumladan ma’lumotlarni saqlash tizimi (SХD) kontrollerlari, quvvat bloklari, ventilyatorlar, disklar, tarmoq adapterlari, HBA-adapterlar va lenta kutubxonasi qurilmalari xizmatni to‘xtatmagan holda nosozliklarga bardoshli ishlashni hamda hot-swap (issiq almashtirish) imkoniyatini qo‘llab-quvvatlashi lozim;
  • yetkazib berish tarkibiga standart 19 dyumli server shkaflariga o‘rnatish, ulash, sozlash, foydalanishga topshirish va keyinchalik xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan barcha butlovchi qismlar, transiverlar, kabellar, montaj to‘plamlari, litsenziyalar, dasturiy modullar va aksessuarlar kiritilishi shart;
  • yetkazib beriladigan uskunalarning barcha texnik tavsiflari mazkur Texnik topshiriqda belgilangan talablarga mos yoki ulardan yuqori bo‘lishi kerak.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Tanlov taklifi (ilova 2) va Tanlov taklifiga (ilova 1);
  2. Ishtirokchi anketa (ilova 1);
  3. O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4);
  4. Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.

Yuoqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.

Tanlov materiallari:

  1. Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli;
  2. Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli;
  3. Tanlov taklifi shakliga ilova 1;
  4. Ilova 3 -Texnik topshiriq;
  5. Ilova 4 — Tajriba ma’lumotnomasining shakli;
  6. Ilova 5 — Qo’llab quvvatlash.

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz
  • Pochta mavzusida «СРК Commvault» deb ko‘rsatish zarur.
  • Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
  • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 04.08.2026 yilgacha.

Aloqa ma’lumotlari:

Tanlov bo‘yicha savollar: Axmedov Dilshod
Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki: 0574

Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.

Oxirgi yangilanish sanasi: 29.07.2026