«Hamkorbank» ATB «Kompyuter texnikalari» yetkazib berish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi
15.06.2026
3 daqiqa
Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:
- Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan o‘xshash loyihalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan mahalliy va chet el kompaniyalari ishtirok etishlari mumkin.
- Ishtirokchilarga qo‘yilgan asosiy talablar:
- Tanlovga faqat Dell, HP, Lenovo, Acer, Asus, Apple ishlab chiqaruvchilarning uskunalari bo’yicha takliflar qabul qilinadi;
- Kafolat muddati:
- Personal kompyuterlar — kamida 3 yil;
- Monobloklar — kamida 3 yil;
- Noutbuklar — kamida 2 yil.
- Yetkazib berish shartlari: shartnoma tasdiqlangan so’ng umumiy hajmining 40% - 30 kalendar kun ichida, qolgan 60% - 60 kalendar kun ichida yetkazilishi shart.
- Uskunalar 2025−2026 yillarda ishlab chiqarilgan bo’lishi shart;
- Yetkazib beruvchi noutbuklarni yetkazish va servis ko‘rsatish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi lozim: 2024−2026 yillar davomida kamida ikki taqqoslanadigan hajmdagi shartnoma bajarilgan bo‘lishi kerak.
- Yetkazib beruvchi noutbuklarni yetkazish va servis ko‘rsatish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi lozim: 2024−2026 yillar davomida kamida ikki taqqoslanadigan hajmdagi shartnoma bajarilgan bo‘lishi kerak.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
- Ishtirokchi anketasi (ilova 1);
- O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4);
- Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.
Yuoqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.
Tanlov materiallari:
- Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli
- Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli
- Tanlov taklifi shakliga ilova 1
- Ilova 3 — Texnik topshiriq
- Ilova 4 — Lotlar bo’yicha tajriba ma’lumotnomasining shakli
Takliflarni topshirish shartlari:
- Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz.
- Pochta mavzusida «kompyuter texnika» deb ko‘rsatish zarur.
- • Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari.
- • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 25.06.2026 yilgacha.
Aloqa ma’lumotlari:
Tanlov bo‘yicha savollar:
Telefon: 0−800−1-200−200, 1256
Axmedov Dilshod, ichki: 0574
Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.