Fortinet FortiMail 400F elektron pochtani himoya qilish majmuasini yetkazib berish bo‘yicha ochiq tanlov
«Hamkorbank» ATB uchun elektron pochtani himoya qilish apparat-dasturiy majmuasi (uskunasi) Fortinet FortiMail (FortiMail 400-F modeli), jumladan litsenziya kalitlari va ishlab chiqaruvchining (Fortinet) texnik qo‘llab-quvvatlash obunalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish huquqi uchun ochiq tanlov e’lon qiladi
Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
Tanlovda ishtirok etish uchun qatnashuvchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ravishda, tanlov predmeti bo‘lgan uskunalarni yetkazib berish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lishi lozim. Shu jumladan, ishtirokchilarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar (jumladan, O‘zbekiston Respublikasida Fortinet kompaniyasining rasmiy hamkori/reselleri maqomiga ega bo‘lish) hamda yetkazib beriladigan uskunaning texnik xususiyatlari Ilova 3 — Texnik topshiriqda bayon etilgan.
Tanlovda ishtirok etishi uchun jamoaviy arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
- Ishtirokchi anketa (ilova 1);
- O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4);
- Fortinet kompaniyasining rasmiy hamkori (reselleri) maqomini tasdiqlovchi hujjat hamda ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari;
- Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.
Yuqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.
Tanlov materiallari:
- Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli;
- Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli;
- Tanlov taklifi shakliga Ilova 1;
- Ilova 3 — Texnik topshiriq;
- Ilova 4 — Tajriba ma’lumotnomasining shakli.
Takliflarni topshirish shartlari:
- Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz;
- Pochta mavzusida: «FortiMail» deb ko‘rsatish zarur;
- Takliflar valyutasi: O‘zbekiston so‘mi, AQSh dollari;
- Takliflarni topshirishning oxirgi muddati:
03.12.2026 yilgacha .
Aloqa ma’lumotlari:
Tanlov bo‘yicha savollar: Ahmedov Dilshod, ichki: 0574
Abduvoxid O‘rinboyev, ichki: 0306
Telefon: 0−800−1-200−200, 1256
Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlash va tanlov qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladilar.