Matbuot markazi
/
Tenderlar va tanlovlar
/
Fortinet mahsulotlarini faollashtirish bo‘yicha ochiq tanlov

Fortinet mahsulotlarini faollashtirish bo‘yicha ochiq tanlov

26.10.2026
3 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

«Hamkorbank» ATB uchun FortiAuthenticator, FortiToken Mobile va FortiClient ZTNA mahsulotlarini faollashtirish (Fortinet litsenziyalari va obunalarini yetkazib berish) bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi.

Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar:

  • Xarid tarkibi: FortiAuthenticator’ni 2100 foydalanuvchigacha faollashtirish/kengaytirish (FortiCare Premium 24×7 obunasi bilan) — 1 ta; FortiToken Mobile dasturiy tokenlari litsenziyasi (1000 ta, muddatsiz) — 1 paket; lokal FortiClient EMS serveri uchun FortiClient VPN/ZTNA litsenziyasi (500 ta oxirgi qurilma) — 1 ta.
  • Takliflar ikki variantda taqdim etilishi lozim: 1 yillik va 3 yillik obuna.
  • Ishtirokchi Fortinet kompaniyasining O‘zbekiston Respublikasidagi rasmiy hamkori (reseller/avtorizatsiyalangan hamkor) bo‘lishi lozim (vendor yoki rasmiy distribyutorning tasdiqlovchi hujjati taqdim etiladi).
  • Yetkazib beriladigan dasturiy ta’minot va litsenziya kalitlari rasmiy, yangi, foydalanilmagan, qonuniy kelib chiqishga ega bo‘lishi va O‘zbekiston Respublikasi hududida Buyurtmachiga erkin o‘tkazish huquqi bilan taqdim etilishi lozim.
  • Litsenziyalar rasmiy faollashtirish sertifikatlari (License Registration / Entitlement Certificates) va/yoki elektron kalitlar orqali topshiriladi; barcha FortiCare obunalari Fortinet Support Portal’da «Hamkorbank» ATB hisobiga ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
  • Yetkazib berish muddati — shartnoma imzolangandan so‘ng 60 kalendar kunidan oshmasligi kerak.
  • Ishtirokchi kamida 2 yil oldin ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi, O‘zbekiston Respublikasida ofis/vakolatxonaga ega bo‘lishi hamda insofsiz yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilmagan bo‘lishi lozim.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:

  1. Tanlov taklifi (ilova 2) va Tanlov taklifiga (ilova 1);
  2. Ishtirokchi anketa (ilova 1);
  3. O‘xshash loyihalarni amalga oshirish tajribasi haqida ma’lumotnoma (ilova 4);
  4. Ishtirokchining ixtiyoriy ravishda taqdim etgan qo‘shimcha materiallari.

Yuqoridagi hujjatlar shakllari tanlov materiallarida taqdim etilgan.

Tanlov materiallari:

  1. Ilova 1 — Ishtirokchi anketa shakli;
  2. Ilova 2 — Tanlov taklifi shakli;
  3. Tanlov taklifi shakliga ilova 1;
  4. Ilova 3 — Texnik topshiriq;
  5. Ilova 4 — Tajriba ma’lumotnomasining shakli.

Takliflarni topshirish shartlari:

  • Takliflar elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz.
  • Pochta mavzusida «Fortinet» deb ko‘rsatish zarur.
  • Takliflar valyutasi: mahalliy ishtirokchilar uchun — O‘zbekiston so‘mi, xorijiy ishtirokchilar uchun — AQSh dollari.
  • Takliflarni topshirishning oxirgi muddati: 06.11.2026 yilgacha.

Aloqa ma’lumotlari:

Tanlov bo‘yicha savollar: Axmedov Dilshod
Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki: 0574

Juramirzayev Orifjon
Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki: 3531

Tanlov hujjatlarida keltirilgan qo‘shimcha talablar mavjud. Ishtirokchilar taqdim etilgan materiallarning maxfiyligini saqlashga va tanlov qoidalariga rioya qilishga majburdirlar.

Oxirgi yangilanish sanasi: 26.10.2026