Matbuot markazi
/
Tenderlar
/
«Hamkorbank» ATB signalizatsiya vositalarini profilaktikadan o’tkazish xizmati uchun tanlov e’lon qiladi

«Hamkorbank» ATB signalizatsiya vositalarini profilaktikadan o’tkazish xizmati uchun tanlov e’lon qiladi

16.03.2023
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Xizmatko’rsatuvchilar uchun talablar:

  • O‘zbekiston Respublikasi bo’ylab xizmat ko’rsatish tajribasi;
  • Xavfsizlik talablariga mos ravishda qo’riqlash va yong’inga qarshi signalizatsiya vositalari profilaktikasi hamda ta’mirlash xizmati.

Zaruriy hujjatlar:

  • Profilaktika xizmati hamda ta’mirlangan signalizatsiya vositalari uchun kafolat;
  • IIV tomonidan signalizatsiya vositalarini montaji bo’yicha beriladigan litsenziya;
  • Xizmat ko’rsatuvchining tadbirkorlik faoliyati haqidagi guvohnomasi.

Tanlov shartlari:

  • Takliflar elektron pochta orqali quyidagi manzilda qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz;
  • Ma‘lumot tijorat taklif mazmunida bo‘lib, taklif qilinayotgan ta’mirlash xizmat haqida qisqa izoh berilishi so‘raladi;
  • Yuborilgan ma‘lumot mavzusi «Profilaktika» deb ko‘rsatilishi kerak;
  • Signalizatsiya vositalari montaji tugagach ob’yektlarni mahalliy qo’riqlash boshqarmasi texnik qo’riqlash punktiga ulanishini ta’minlash.

Takliflarni jo‘natishning oxirgi muddati: 2023 yil 16 aprel.

Miqdori: Respublika bo’ylab 30 dona UBXO (filial).

To‘lov valyutasi: Milliy valyuta so’m va AQSH dollari, EVRO.

Muloqot qiluvchi shaxslar:

Telefon: 0−800−1-200−200, 1256 ichki: 1221


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026