Matbuot markazi
/
Tenderlar
/
«Hamkorbank» ATB yetkazib beruvchilar o’rtasida tejamkor isitish tizimlarini sotib olish va o’rnatish uchun tanlov e’lon qiladi

«Hamkorbank» ATB yetkazib beruvchilar o’rtasida tejamkor isitish tizimlarini sotib olish va o’rnatish uchun tanlov e’lon qiladi

17.07.2021
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Yetkazib beruvchilar uchun talablar:

  • Uskunani sotishdan oldingi tayyorgarligini (barcha qismlarini va yig’ilishini tekshirish) amalga oshirish;
  • Uskunani O’zbekiston Respublikasida belgilangan manzilga yetkazib berish;
  • Uskunani sifatli o’rnatish va ishga tushirish;
  • Uskunani ishlatish va texnik xizmat ko’rsatish to’g’risida yetkazib beruvchi tomonidan dastlabki tushuntirish ishlarini o’tkazish;
  • Kafolat muddati tugaganidan so’ng xaridor hisobidan ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchi kompaniyaning sertifikatlangan mutaxassislari tomonidan davriy texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash;

Zaruriy hujjatlar:

  • Mahsulot pasporti;
  • Uskunani qabul qilingan kundan boshlab kamida 12 oy davomida kafolatni taqdim etish;
  • Yetkazib beruvchining tadbirkorlik faoliyati haqidagi guvohnomasi.

Tanlov shartlari:

  • Takliflar elektron pochta orqali quyidagi manzilda qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz;
  • Ma‘lumot tijorat taklif mazmunida bo‘lib, taklif qilinayotgan mahsulot haqida qisqa izoh berilishi so‘raladi;
  • Yuborilgan ma‘lumot mavzusi «Tejamkor isitish tizimlari» deb ko‘rsatilishi kerak.

Takliflarni jo‘natishning oxirgi muddati: 2021 yil 5 avgust.

Uskunani soni: 19 dona.

To‘lov valyutasi: Milliy valyuta so’m.

Muloqot qiluvchi shaxslar:


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026