Matbuot markazi
/
Tenderlar
/
«Hamkorbank» FinTex tashkilotlari o’rtasida “Korporativ internet va mobil banking” ilovalarini yaratish bo’yicha tanlov e’lon qiladi

«Hamkorbank» FinTex tashkilotlari o’rtasida «Korporativ internet va mobil banking» ilovalarini yaratish bo’yicha tanlov e’lon qiladi

01.02.2023
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Tanlov qatnashuvchilari uchun talablar:

  • Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan mahalliy va chet el korxonalari va tashkilotlar ishtirok etishi mumkin;
  • Ushbu yo’nalish bo’yicha kamida 5 yil tajribaga ega bo‘lishi;
  • Malakali mutaxassislarga ega bo’lishi;
  • Talabgorlar GO, Reactjs, PostgreSQL tillari va mikroservis Arxitekturalari bilan ishlay olishi lozim. Mikroservis talablari ilovada ko’rsatiladi.

Zaruriy hujjatlar:

  • Ishtirokchining tadbirkorlik faoliyati haqidagi guvohnomasi;
  • Ishtirokchining ushbu loyiha bo’yicha tajribasi haqida ma’lumot
  • Oxirgi 3 yilda ushbu turdagi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan kamida 2 ta loyihalari haqida ma’lumot.

Tanlov shartlari:

  • Takliflar elektron pochta orqali quyidagi manzilda qabul qilinadi: konkurs@hamkorbank.uz;
  • Ma‘lumot tijorat taklif mazmunida bo‘lib, taklif qilinayotgan mahsulot haqida qisqa izoh berilishi so‘raladi;
  • Yuborilgan ma‘lumot mavzusi «CIB» deb ko‘rsatilishi kerak.

Takliflarni jo‘natishning oxirgi muddati: 2023 yil 15 fevral.

To‘lov valyutasi: Milliy valyuta so’m va AQSH dollari, EVRO.

Muloqot qiluvchi shaxslar:

Telefon: 0−800−1-200−200 ichki: Murodjon Ataboyev — 1221. Qodirov Bobirmirzo — 1076, 1075

1-ilova

2-ilova

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026